Indoneziyada ko‘prik qulab tushdi: qurbonlar bor

Indoneziyada ko‘prik qulab tushdi: qurbonlar bor
Indoneziyada ko‘prik qulab tushdi: qurbonlar bor

Rasmiylarning aytishicha, Bali oroli yaqinidagi ko‘prikning qulashi oqibatida 9 nafar odam halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar jarohatlangan.

Indoneziyada ofatlarni kamaytirish milliy agentligi matbuot kotibi Sutopo Purvo Nugrohoning aytishicha, Nusa Lembongan va Nusa Seningan orollarini bog‘lab turuvchi “Sariq Ko‘prik” yakshanba – 16 oktyabr kuni tunda qulab tushgan.

Xabarlarga ko‘ra, hodisa diniy marosim vaqtida sodir bo‘lgan. Marosim ushbu ko‘prikda o‘tkazilayotgan edi.

“Qurbonlar orasida 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham bor”, deydi Nugroho.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar