Xitoy yolg‘iz insonlarni oila qurishga, oilalarni esa bittadan ko‘p farzand ko‘rishga undash maqsadida tug‘ilishni rag‘batlantirish kampaniyasini kengaytirdi. Financial Times'ning yozishicha, rag‘batlantirish tadbirlari mahalliy va milliy darajada amalga oshirilmoqda.
Joylardagi rasmiylar oilali ayollarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning farzand ko‘rish borasidagi rejalari bilan qiziqmoqda. Xitoy aholisi bilan suhbatdan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan ma’lum bo‘lishicha, shu kabi suhbatlardan keyin ko‘plab ayollar salomatligini tekshirish maqsadida konsultatsiyaga taklif qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda bir yoki undan ortiq farzandi bor oilalarga qo‘shimcha tug‘ilgan bola uchun maxsus to‘lovlar berilmoqda. Jetszyan shahrida yashovchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hukumat ikkinchi tug‘ilgan farzand uchun 100 ming yuan (14 ming dollar) va’da qilgan.
Bundan tashqari, universitetlar zimmasiga yolg‘iz talabalar uchun mo‘ljallangan «nikoh va sevgi kurslarini» joriy etish majburiyati yuklangan. XXR Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «universitetlar — talabalar o‘z sevgisini topishi mumkin bo‘lgan muhim joy» hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarida respondentlarning 57 foizi hozircha oila qurish niyatida emasligini, chunki o‘qish bilan birga ko‘p ishlashga majbur bo‘layotganliklarini bildirgan.
Avvalroq Xitoyda 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yangi nikohlar soni ushbu hisobni yuritish boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Fuqarolik ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida Xitoyda 4,74 million juftlik nikohdan o‘tgan, bu o‘tgan yilning mos davrida oila qurganlarga nisbatan 16,6 foizga kam. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi