date
views 127

Attraktsionga chiqa olmagan amerikalik erkak 11 oy ichida 60 kiloga ozdi

Attraktsionga chiqa olmagan amerikalik erkak 11 oy ichida 60 kiloga ozdi
Nyu York shahrida yashovchi 39 yoshli Brayan Klegg butun umri davomida ortiqcha vazn bilan kurashib kelgan. Bir vaqtlar erkakning vazni 185 kilogrammga etgan. Bunga ortiqcha va tartibsiz ovqatlanish, kamharakat hayot tarzi va fastfud taomlarini haddan ortiq iste'mol qilish sabab boʻlgan.

Shundan soʻng Brayan shunchaki piyoda yurishda ham qiynala boshlagan va turli kasalliklarga chalinishga moyil boʻlib qolgan.

Foto: Pravila jizni
Uning soʻzlariga koʻra, ortiqcha vazn sababli vujudga kelgan ogʻriqlardan koʻra oʻtgan yili unga koʻngilochar parkda aytilgan gaplar ogʻirroq ta'sir qilgan. Ma'lum boʻlishicha, 2023 yil yozida u Koni Aylend parkiga tashrif buyurgan va Amerika tepaliklari (Amerikanskiy gorka) attraktsioniga chiqishni istagan. Biroq ortiqcha vazni tufayli unga uchishga ruxsat berilmagan.

Aynan shu kundan e'tiboran Klegg va nihoyat oʻz salomatligi bilan shugʻullanishga qaror qildi: u shirinliklar va fastfudlardan voz kechdi va haftada uch marta sport zaliga qatnay boshladi. Natijada 11 oy ichida Brayan 60 kg vazn yoʻqotishga muvaffaq boʻldi. 2024 yil oktyabr oyida esa va nihoyat oʻzining sevimli attraktsionida uchish orzusini amalga oshirdi.

Men birinchi marta Amerika tepaliklariga chiqdim. Keyin tez-tez sayohatga chiqishga, koʻproq piyoda yurishga va doim faol boʻlishga odatlandim. Hozirda men oʻzimni juda baquvvat va sogʻlom his qilyapman va mening hikoyam boshqalarga ilhom berishini istayman”, dedi Klegg.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Attraktsionga chiqa olmagan amerikalik erkak 11 oy ichida 60 kiloga ozdi