Foto: Haqqin.az
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Oqtovda qulagan Azerbaijan Airlines samolyoti uchuvchilari omon qolmasliklarini bilganini aytdi. Prezident rafiqasi Mehribon Aliyeva bilan ularning dafn marosimida qatnashdi.
Aliyev ekipaj a'zolarini mukofotlash toʻgʻrisida farmon e'lon qilishini ta'kidladi. U uchuvchilarning harakatlarini, ularning professionalligi, fidoyiligini yuqori baholadi.
"Uchuvchilar va butun ekipaj haqiqiy qahramonlikni namoyish etdi. Uchuvchilar boshqarib boʻlmaydigan holatda boʻlgan samolyotni turli usullar bilan boshqarib, ham professionallik, ham qahramonlik koʻrsatdi. Albatta, uchuvchilar tajribali edi va favqulodda qoʻnishdan keyin omon qololmasliklarini bilishardi. Biroq yoʻlovchilarni qutqarish uchun ular yuqori darajadagi qahramonlik koʻrsatdi va aynan shu tufayli halokatda tirik qolganlar bor.
Aynan shu tufayli fyuzelyajning bir qismi yonmadi va aynan shu tufayli bugun biz samolyotni Rossiya urib tushirganini aniq ayta olamiz. Bu fakt va uni hech kim inkor eta olmaydi. Biz buni qasddan qilingan deb ta'kidlamaymiz, lekin bu amalga oshirilgan", dedi Aliyev.
♦ Ozarbayjon prezidenti aviahalokat sabablari haqida
Ilhom Aliyev yakuniy versiya qora qutilar ochilgandan soʻng ma'lum boʻlishini aytdi. Ammo dastlabki taxminlar ham etarli darajada va faktlarga asoslanganini bildirdi.
“Faktlar shundan iboratki, Ozarbayjon fuqarolik samolyoti Rossiya hududida, Grozniy shahri yaqinida tashqi ta'sir oqibatida shikastlangan va deyarli boshqaruvni yoʻqotgan. Shuningdek, bizning samolyotimiz radioelektron kurash vositalari yordamida boshqarib boʻlmaydigan holatga tushirilganini ham bilamiz. Bu samolyotga etkazilgan birinchi zarar hisoblanadi”, dedi u Ozarbayjon televideniyesiga bergan intervyusida ta'kidladi.
♦ Rossiyaga qoʻyilgan talablar
“Biz Rossiya tomoniga oʻz talablarimizni aniq bayon qildik. 27 dekabr kuni bu talablar ularga rasman topshirildi. Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan uzr soʻrashi kerak. Ikkinchidan, ular oʻz ayblarini tan olishi lozim.
Uchinchidan, ular aybdorlarni jazolashi, jinoiy javobgarlikka tortishi va Ozarbayjonga, jabrlangan yoʻlovchilar va ekipaj a'zolariga tovon toʻlashi kerak — bu bizning shartlarimiz. Ulardan birinchisi kecha taqdim etilgandi. Umid qilamanki, boshqa shartlarimiz ham qabul qilinadi”, dedi Ilhom Aliyev.
♦ Rossiya aviahalokat ishini yashirishga uringan
Afsuski, dastlabki uch kun davomida Rossiyadan mantiqsiz versiyalardan boshqa hech narsani eshitmadik. Bizni xafa qilgani va hayratga solgan jihatlardan biri shundaki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqida taxminlarni ilgari surishdi. Ya'ni bu Rossiya tomoni masalani bostirishni xohlayotganini ochiq koʻrsatdi va bu, albatta, hech kimga sharaf keltirmaydi, dedi siyosatchi.
♦ Putin Aliyevdan uzr soʻradi
29 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjonlik hamkasbidan aviahalokat “Rossiya havo hududida yuz bergani uchun” uzr soʻradi. U qurbonlarning oilasiga hamdardlik, omon qolganlarga tezroq sogʻayib ketishni tiladi.
Kremlning ta'kidlashicha, Ozarbayjon samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qoʻnishga uringan. “Oʻsha vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar dronlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan”, deyiladi bayonotda.
♦ Qozogʻistondagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25 dekabr kuni ertalab Qozogʻistonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal'ada qoʻnishni rad etganidan keyin layner majburiy qoʻnishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.
Burun qismi toʻliq yongan, dum qismida esa omon qolganlar boʻlgan. Kamida 29 nafar tirik qolgan yoʻlovchi aynan shu qismda boʻlgan. Ular kasalxonaga olib ketilgan. Azerbaijan Airlines samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok boʻlgan. Qulagan samolyot koʻzdan kechirilganda teshiklar aniqlangan. Shunga asoslanib, ayrim manbalar samolyotni Chechenistonga dron hujumini qaytargan havo hujumidan mudofaa tizimi oʻqqa tutgan boʻlishi mumkinligini yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi
Manba: Kreml urush tugagach Belarusni oʻziga qoʻshib olmoqchi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti metapnevmovirus yuzasidan bayonot berdi
Eron generalining Suriyadagi “jiddiy strategik magʻlubiyat” haqidagi bayonoti