23:28 / 29.12.2024
56

Xitoy tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun yolgʻiz odamlarga koʻmak dasturini ishga tushirdi

Xitoy tugʻilishni ragʻbatlantirish uchun yolgʻiz odamlarga koʻmak dasturini ishga tushirdi
Foto: Financial Times
Xitoy tugʻilishni ragʻbatlantirish dasturini kengaytirib, yolgʻiz odamlarni turmush qurishga urinmoqda, oilalarni bir nechta farzand koʻrishga ishontirishning turli usullarini sinab koʻrmoqda. Financial Times (FT) ma'lumotlariga koʻra, imtiyozlar ham mahalliy, ham milliy miqyosda amalga oshirilyapti.

Qayd qilinishicha, mahalliy hokimiyat vakillari turmush qurgan ayollarga qoʻngʻiroq qilib, farzand koʻrish rejalari haqida soʻramoqda. Shundan soʻng, ayollar sogʻligʻini tekshirish uchun klinikalarga taklif qilinyapti. Bir yoki bir nechta farzandi boʻlgan oilalarga koʻproq farzand koʻrish uchun maxsus nafaqa berilyapti. Jetsyan shahrida yashovchi fuqaroning soʻzlariga koʻra, mahalliy hokimiyat ayollarga ikkinchi farzandni dunyoga keltirsa, 100 ming yuan (14 ming dollar) va'da qilgan.

Bundan tashqari, universitetlar yolgʻiz talabalarga qaratilgan «nikoh va sevgi kurslarini» joriy etmoqda. Xitoyning Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi bayonotiga koʻra, «talabalar universitetlarda sevgisini topishi mumkin».

Shu bilan birga, qoʻmita tomonidan talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov ma'lumotlari shuni koʻrsatdiki, soʻrovda ishtirok etganlarning 57 foizi hali oila qurishni xohlamaydilar, chunki ular oʻqish bilan birga koʻp ishlashi kerak.

Xitoy aholisi kamayib bormoqda va oʻlimlar soni tugʻilish sonidan oshib ketgan. Bu mahalliy ma'muriyatlarni tobora ogʻir demografik muammolar bilan kurashishga majbur qilmoqda, deb ta'kidladi nashr.

«Xitoy aholisi uchta asosiy tendentsiyaga duch kelmoqda: qarish, tugʻilishning pastligi va nikohning past darajasi», dedi taniqli iqtisodchi Ren Zeping. «Bolalar kamroq, qariyalar esa koʻproq. Xitoyning qarish tezligi va koʻlami misli koʻrilmagan darajada».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo