
Frantsiyalik suzuvchilar Klement Sekki va Yohann Ndoye-Bruar Parij-2024 olimpiadasida oʻzlari qoʻlga kiritgan bronza medallari koʻrinishi yomon ahvolga tushganidan shikoyat qilishdi.
Yozgi olimpiada tugaganidan toʻrt oy oʻtib, ularning medallari asl koʻrinishini yoʻqotgan.
Parij olimpiadasi medallarida tashkilotchi shaharga ehtirom sifatida Eyfel minorasi aks ettirilgan. Medallarning tarkibi farq qiladi: masalan, oltin medallar kumushdan quyilib, tilla bilan qoplanadi, bronza medallari esa odatda mis, rux va qalayi aralashmasidan tayyorlanadi.
«Shu bois bronza havo va namlik ta'sirida tabiiy oksidlanishga uchraydi. Bronzaning emirilish tezligi qotishmadagi metallar nisbatiga bogʻliq, arzonroq metallar bu jarayonni tezlatadi», — deyiladi norozi sportchilarga maqola orqali berilgan javobda.
Ma'lumot uchun: Frantsiyada bu yil oʻtgan Yozgi olimpiada medallarida Eyfel minorasi ta'mirlanishi jarayonida olingan eskirgan metall parchalari ham esdalik sifatida ishlatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!