Avtobus yo‘lovchilariga bepul kartalar berilmoqda: ulardan qanday foydalanish mumkin?

Jamoat transportidan foydalanuvchilar uchun yangi imtiyozli kartalar bepul tarqatilmoqda. Alif bilan hamkorlikda taqdim etilayotgan ushbu kartalar egalari har oy 10 martagacha avtobusda bepul harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kartadan foydalanishni boshlash uchun telefonga Alif mobil ilovasini o‘rnatish va plastik karta raqamini o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish kerak.
Belgilangan bepul qatnovlar limiti tugagach ham kartadan foydalanish mumkin. Buning uchun uni Click yoki boshqa to‘lov tizimlari orqali mablag‘ bilan to‘ldirish kifoya. Shundan so‘ng karta odatiy transport kartasi kabi ishlaydi.
Shuningdek, foydalanuvchilar orasida karta kredit mablag‘larini avtomatik ravishda yechib olishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga ham aniqlik kiritildi. Ma’lum qilinishicha, Alif Nasiya xizmati bo‘yicha qarzdorlik majburiyati mavjud bo‘lmagan foydalanuvchilarning kartasidan qo‘shimcha pul avtomatik yechilmaydi. Yo‘l haqi faqat kartaga foydalanuvchining o‘zi kiritgan mablag‘ hisobidan to‘lanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…