20:33 / 03.01.2025
45

Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi

Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Foto: Rossiya tergov qoʻmitasi
Rossiyaning Kanash shahridagi doʻkonlardan birida gʻalati qotillik yuz berdi. Tergov qoʻmitasi xabariga koʻra, qorbobo kiyimidagi erkak doʻkonga kirib, uning egasiga qarata oʻqotar quroldan oʻq uzgan.

«Erkak tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etdi», deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi 3 yanvar kuni Kanash tumanidagi qishloqlardan biridagi yashash joyida qoʻlga olingan.

Tergov ma'lumotlariga koʻra, qotillikka doʻkon egasining gumonlanuvchidan qarzdorligi sabab boʻlgan.

Holat boʻyicha Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qotillik) bilan ish ochilgan. Tergov gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni soʻramoqchiligini ma'lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi