Foto: AP
Rossiya tajovuzidan oʻzini himoya qilayotgan Ukrainaning taslim boʻlishi na AQShga, na Evropaga foydali boʻladi. Bunday bahoni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 6 yanvar, dushanba kuni Fransiya elchilariga qilgan murojaatida bildirdi.
Shu bilan birga, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi urushni 24 soat ichida tugatishi mumkinligi haqidagi bayonotini eslatib, Fransiya davlat rahbari: «Ukrainada tez va oson echim boʻlmaydi», dedi. «Amerikaning yangi prezidentining oʻzi Ukraina magʻlub boʻlsa, Qoʻshma Shtatlarning gʻalaba qozonish imkoniyati yoʻqligini biladi» va «Ukrainaning taslim boʻlishi na yevropaliklar, na amerikaliklar uchun foydali boʻlishi mumkin emas», deya qoʻshimcha qildi u. Fransiyaning RFI media-kompaniyasi oʻz saytida Makronning soʻzlarini keltirdi.
Emmanuel Makronning fikricha, agar Ukrainaning Gʻarb ittifoqchilari bu mojarodan charchagani uchun «murosa»ga rozi boʻlishsa, Gʻarbning obroʻsiga putur etkaziladi. Ayni paytda ukrainaliklar «hududiy masalalar boʻyicha real munozaralar olib borishlari kerak», — deya ogohlantirdi Makron.
20 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasiga oz vaqt qolar ekan, koʻplab kuzatuvchilar Vashington Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordamni qisqartirishidan xavotirda.
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma'lum qildi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin u bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilish uchun uchrashish istagini bildirganini aytdi. «Prezident Putin imkon qadar tezroq men bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi», — deya Trampning 22 dekabr kuni Arizona shtatida oʻz tarafdorlari oldidagi chiqishi chogʻida qilgan bayonotidan iqtibos keltirgan Amerikaning CNBC telekanali oʻz saytida.
«Shunday qilib, biz buni kutishimiz kerak (Vladimir Putin bilan uchrashuvni), ammo bu urushni tugatishimiz kerak, bu urush dahshatli», — deya qoʻshimcha qildi respublikachi.
Dekabr oyi boshida Donald Tramp Notr-Dam sobori restavratsiyasidan keyin ochilish marosimi boʻlib oʻtgan Parijga tashrifi chogʻida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashdi, unga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham qoʻshildi. Ushbu uch tomonlama muloqot natijasida Tramp Ukrainada «zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish»ga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi