09:13 / 08.01.2025
197

Ozarboyjon va Armaniston chegara boʻyicha yangi muzokaralarni boshlaydi

Ozarboyjon va Armaniston chegara boʻyicha yangi muzokaralarni boshlaydi
Foto: Kommersant'
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bilan ikki mamlakat chegaralari delimitatsiya va demarkatsiyasi boʻyicha muzokaralarning yangi raundi oʻtkazilishini ma'lum qildi.

Aliyevning soʻzlariga koʻra, muzokaralar yanvar oyida boʻlib, oʻtadi, ammo u aniq sanani aytmagan.

«Shu oy bizning tashabbusimiz bilan delimitatsiya boʻyicha Ozarboyjon va Armaniston komissiyasining ushbu masalani hal etishga qaratilgan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtishi kerak», — deydi Ilhom Aliyev.

Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasi boʻyicha 17 moddadan 15 tasini kelishib olgan. Oxirgi ikki band bir-biriga qarshi xalqaro da'volardan voz kechish, shuningdek, ikki davlat chegarasiga xorijiy qoʻshinlarni joylashtirmaslik bilan bogʻliq. Shu bilan birga, dekabr oyi oxirida davlat rahbarlari Janubiy Kavkazda tinchlik oʻrnatishni buzish va qurollanish poygasini kuchaytirishda oʻzaro ayblovlarni ilgari surgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil iyunda Erevan va Boku Tavush viloyatidagi chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha kelishib olganidan keyin Armanistonda norozilik namoyishlari boshlangan edi. Ushbu kelishuv natijasida Armaniston Ozarboyjonga avval Ozarboyjon SSRga qarashli boʻlgan, biroq 1990 yillardan beri armanlar nazoratida boʻlgan toʻrtta qishloqni berishga rozi boʻlgan.

Ozarboyjon tinchlik bitimi doirasida Armaniston oʻz Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishini talab qilmoqda. Unda Armaniston Oliy kengashi 1990 yil 23 avgustda qabul qilgan mamlakat mustaqilligi deklaratsiyasiga havola bor. Ushbu deklaratsiya boshida oʻz navbatida, Armaniston SSR va Togʻli Qorabogʻning 1989 yildagi «Birlashuv toʻgʻrisida»gi qoʻshma rezolyutsiyasiga havola keltirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo