Xitoyda gumanoid robot sinov vaqtida muhandis qo‘lidagi pultni tepib yubordi

Xitoyda gumanoid robot sinov vaqtida muhandis qo‘lidagi pultni tepib yubordi

Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Shaosin shahrida gumanoid robotni sinovdan o‘tkazish vaqtida kutilmagan holat yuz berdi.

2026 yil 7 sentyabr kuni tasvirga olingan videoda muhandis robotni boshqarayotgan paytda qurilma to‘satdan u tomon harakatlanib, oyog‘i bilan qo‘lidagi boshqaruv pultini tepib yuborgani ko‘rinadi. Zarba oqibatida pult yerga tushib ketgan.

Muhandis robotning keyingi harakatidan chetlanib, pultni yerdan olgan va u yerdan uzoqlashgan. Xabarlarga ko‘ra, u voqea oqibatida jarohat olmagan.

Shundan so‘ng robot harakatini yakunlab, oldinga egilib ta’zim qilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda robotning harakatlarini sharqona jang san’ati ustalariga qiyoslashga sabab bo‘lgan.

Robotning nima sababdan bunday harakat qilgani — texnik nosozlik, dastur yoki boshqa sabab — hozircha aniq emas.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar