Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni ilk bor 100 mingdan oshdi

Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni ilk bor 100 mingdan oshdi

Yaponiyada 100 yosh va undan kattalar soni ilk bor 100 mingdan oshdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda 107 677 nafar yuz yoshdan oshgan kishi yashamoqda.

Ularning soni ketma-ket 56 yildan beri ortib bormoqda. Bir yil ichida yuz yoshdan oshganlar soni 7 914 nafarga ko‘paygan.

Uzoq umr ko‘ruvchilarning asosiy qismini ayollar tashkil etadi. 107 677 kishining 94 298 nafari ayollar bo‘lib, bu qariyb 88 foizga teng. Yaponiyadagi eng keksa ayol 114 yoshda, eng keksa erkak esa 112 yoshda.

Shu bilan birga, mamlakat demografik jihatdan boshqa muammoga ham duch kelmoqda. Yaponiyada tug‘ilish darajasi pasayib, aholi qarib bormoqda. Natijada mehnatga layoqatli aholi qisqarishi hamda pensiya, tibbiy va ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar