Foto: DW
Gurjiston sobiq prezidenti Salome Zurabishvili oldingidek oʻzini davlat rahbari deb hisoblamoqda va mamlakatda demokratiyani qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish niyatida. Bu haqda 9 yanvar kuni boʻlib oʻtgan brifingda ma'lum qildi.
«Mening kurashim oxirigacha davom etadi, chunki men ushbu mamlakatning prezidentiman, zimmamda katta mas'uliyat bor — mamlakatni tinchlikka eltish», — deydi u.
Zurabishvili, shuningdek, Tbilisida prezidentlik qarorgohining «davomi boʻladigan» yangi ofisi ochilishini e'lon qildi. «U balki Orbeliani saroyi kabi emasdir, ammo bu erda ruh va intilish bor», — deya ta'kidlaydi u.
Zurabishvilining soʻzlariga koʻra, Gurjistonda hozirda kuzatilayotgan vaziyat anchadan beri yuz bermagan. Mamlakatdagi biror-bir institut tegishli tartibda faoliyat yuritmayapti. Shuningdek, u AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasiga borishini ma'lum qilgan.
Gurjistonning yangi prezidenti Mixail Kavelashvili inauguratsiyasi 29 dekabr kuni boʻlib oʻtgandi. Kavelashvili Konstitutsiyada nazarda tutilgan prezidentlik qasamyodini qabul qilgan. Marosimga xorijiy elchilar ham, chet ellik mehmonlar ham taklif qilinmagan. Unda faqat deputatlar, hukumat a'zolari, Gurjiston pravoslav cherkovi vakillari, shuningdek, konstitutsiyaviy organlar vakillari ishtirok etgan. Shundan keyin Salome Zurabishvili prezident qarorgohidan chiqib ketgan, ammo vakolatlari tugamaganini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Ukrainaning NATOga qoʻshilish masalasini "yopiq" dedi
Britaniyaliklar Afgʻonistonda jangga layoqatli erkaklarni qasddan oʻldirgani aniqlandi
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda