22:22 / 10.01.2025
1

Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?

Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyada Ukrainaning gʻarbiy ittifoqchilari bilan boʻlgan uchrashuv Kiyevga Rossiyaga qarshi kurashishda yordam berish uchun qoʻshimcha 2 milliard dollar miqdorida harbiy yordam koʻrsatish va'dalari bilan yakunlanganini ma'lum qildi.

Joriy yilning 9 yanvar kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng “Mi-Ukraina” telekanaliga bergan intervyusida Zelenskiy koʻrsatilgan yordam tafsilotlarini ochiqlamagan, biroq 34 oydan buyon davom etayotgan urushning turli jihatlarida 34 ta mamlakat qoʻllab-quvvatlashga va'da berganini ta'kidladi.

Biz juda samarali uchrashuv oʻtkazdik, juda yaxshi natijalarga erishdik. Ukrainaga 2 milliard dollarlik qoʻshimcha yordam paketlari e'lon qilindi”, dedi u.

Yordam havo hujumidan mudofaa vositalari, axborot texnologiyalari, minalardan tozalash, harbiy-dengiz kuchlari, aviatsiya va artilleriyani oʻz ichiga oladi.

Va bularning barchasi Ukrainani kuchaytiradi”, deb ta'kidladi Ukraina etakchisi. Prezident bu va'dalarni aynan qaysi davlatlar berganini aniqlashtirmagan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Ukrainaga 500 million dollar miqdorida qoʻshimcha harbiy yordam, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar, aviatsiya oʻq-dorilari va F-16 qiruvchi samolyotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun uskunalar taqdim etishini ma'lum qilgan edi.

Zelenskiy “Ramshteyn”dagi uchrashuvda ishtirok etdi, soʻngra Rimda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashdi. Uning aytishicha, u erda Rossiya hujumlariga qarshi turishda Ukraina havo mudofaa tizimlarini modernizatsiya qilish masalalari, shuningdek, urushni hal qilishning keyingi bosqichlari boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish boʻyicha sa'y-harakatlar muhokama qilingan.

Telegraf nashri avvalroq Ukraina prezidenti ikkinchi muddatga oʻz nomzodini qoʻyishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.

Hozirda Zelenskiy nomzodini ilgari surishi borasida ochiq ma'lumot bermagan. Prezidentning asosiy raqibi Buyuk Britaniyada elchi boʻlib ishlayotgan Ukraina armiyasi sobiq bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy boʻlishi mumkin.

U nomzodini ilgari surmasa, prezidentlik saylovlarida Zelenskiy gʻalaba qozonish imkoniyatiga ega. Turli siyosiy kuchlar, jumladan, “Batkivshina” etakchisi, sobiq bosh vazir Yuliy Timoshenko, sobiq prezident Pyotr Poroshenko va hatto amaldagi prezident ham saylovoldi kurashida Zalujniy nomidan foydalanishga urinmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, prezident idorasi rahbari Andrey Ermak Zalujniyga agar u saylovda oʻz nomzodini koʻrsatmasa, Zelenskiy tomonida ishtirok etsa, “Xalq xizmatchisi” partiyasi roʻyxatida birinchi oʻrinni va Oliy Rada spikeri oʻrnini olishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo