Foto: Videodan kadr
Yamanning El-Bayda provintsiyasidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasi (AYoQSh) va gaz omborining portlashi oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 65 kishi turli jarohatlar oldi. Bu haqda Yemen Online'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Zahar tumanida sodir boʻlgan portlash zanjirli reaktsiyaga sabab boʻlgan. Oqibatda qoʻshni ikkita yoqilgʻi quyish shoxobchasi va yaqin atrofdagi tijorat omborlari yonib ketgan. Portlash paytida yoqilgʻi quyish shoxobchasida mijozlar koʻp edi. Bu tartibsizlikka olib kelgan, odamlar yonayotgan majmuani tark etishi qiyinlashgan.
Mahalliy hukumat vakilining soʻzlariga koʻra, yoqilgʻi quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida kamida 10 kishi halok boʻlgan va 65 dan ortiq kishi jarohatlangan.
“Rasmiylar portlashning sababini hali ham oʻrganmoqda, bu noaniq boʻlib qolmoqda”, deya xabar berdi Yemen Online. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaponiyadagi maydoni 9 m² boʻlgan kvartiralarda odamlar qanday yashaydi? (foto, video)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarni nega oʻchirib boʻlmayapti?
Los-Anjelesda kvartallar, mashhurlar va millionerlarning uylari yonib ketdi (foto)
Panama prezidenti Tramp ustidan BMTga arz qilishini aytdi
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)