Shavkat Mirziyoyev ustoz va murabbiylar bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish151
Shavkat Mirziyoyev ustoz va murabbiylar bilan uchrashdi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev«Yangi O‘zbekiston» universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ta’lim sohasidagi islohotlar, pedagoglarning jamiyatdagi o‘rni va yoshlar tarbiyasi masalalariga e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari universitet ta’lim tizimiga yangi yondashuv va mazmun olib kirishini ta’kidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev ustozlarning yoshlar tarbiyasidagi o‘rniga to‘xtalib, o‘qituvchini mehr, ezgulik va ma’rifat bilan bog‘ladi.

«O‘qituvchi — mehr daryosi, o‘qituvchi — ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi — ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi», dedi Prezident.

Davlat rahbari buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ularga ta’lim bergan ustozlar turganini ham qayd etdi. U Imomi Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi tarixiy shaxslarning shakllanishida muallimlarning o‘rni borligini ta’kidladi.

Prezident ustozlarni «odamiylik bog‘ining bog‘bonlari» deb atab, umrini yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bag‘ishlagan barcha o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat va minnatdorlik bildirdi.

Ta’lim sohasida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliy ta’lim muassasalari va korxonalar hamkorligida dual ta’limni rivojlantirish kabi ishlar ham davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?