Foto: Videodan kadr
Tula oblasti 14 yanvar, seshanbaga oʻtar kechasi Ukraina dronlari hujumiga uchradi, deb xabar berdi mintaqa gubernatori Dmitriy Milyayev Telegramʼda. Avvalroq, 13 yanvar kuni kechqurun gubernator Aleksandr Bogomaz Bryansk oblasti hududiga «qoʻshma raketa zarbasi» uyushtirishga urinish haqida xabar bergan edi. Ayni paytda Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin Telegramʼda UUA hujumi natijasida Engelsdagi «sanoat korxonasi» zarar koʻrganini yozdi.
Bryansk kimyo zavodiga hujum haqida xabarlar
Bogomaz qaysi ob'ektga zarba berilganiga aniqlik kiritmagan. Biroq, ba'zi Telegram kanallari, xususan, ASTRA oʻz oʻquvchilariga tayanib, nishon Seltso shahrida joylashgan SSSRning 50 yilligi nomidagi Bryansk kimyo zavodi boʻlganini yozmoqda. Boshqa versiya: Bryansk yaqinidagi oʻq-dorilar omboriga hujum qilingan. Ma'lum qilinishicha, hujumda Amerikaning ATACMS raketalaridan foydalanilgan.
ASTRA ta'kidlaganidek, SSSRning 50 yilligi nomidagi Bryansk kimyo zavodi 2024 yil aprel oyida ham Ukraina UUA nishoniga aylangan. «Zavod portlovchi moddalar ishlab chiqaradi va davlat mudofaa buyurtmalarini bajarish bilan shugʻullanuvchi «Texmash» holding kompaniyasi tarkibiga kiradi», — deb eslatadi mualliflar.
Tula oblastidagi Aleksinga dron hujumi
Tula oblasti gubernatori Dmitriy Milyayev soat 02:25 lar atrofida Aleksin shahriga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi. «Dron qoldiqlarining qulashi natijasida bir nechta avtomobil va xoʻjalik binolari hamda turar joy binosining derazalariga zarar etganligi aniqlandi. Jabrlanganlar yoʻq», — deyiladi uning postida. Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, Tula oblasti uzra havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan 16 ta UUA yoʻq qilingan, deya qoʻshimcha qildi gubernator.
U Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining nishoni qaysi ob'ektlar boʻlganiga aniqlik kiritmadi. Ayni paytda, bir qator Telegram kanallari oʻz obunachilari tomonidan portlash lahzasi suratga olingani aytilgan videolarni e'lon qildi.
Jurnalist Aleksandr Nevzorov manba keltirmagan holda «Tulada harbiy zavodlarga ham hujum qilinmoqda», deb yozdi. Oʻz navbatida, Shot Telegram-kanalida portlashlar soat 23:45 da boshlangani va 8 dan 12 gacha «baland tovushlar» eshitilgani haqida xabar berdi.
2024 yil 9 noyabrda Aleksin kimyo zavodiga hujum uyushtirildi. "Rostex" korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi ushbu korxonaning veb-saytida u boʻyoq va laklar, kauchuk mahsulotlar, maishiy kimyo va spirt mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri ekanligi ta'kidlangan. Shu bilan birga, Reuters nashrining yozishicha, u porox va oʻq-dorilarni ham chiqaradi.
Saratovning Engelsidagi sanoat korxonasiga hujum
Saratov oblasti gubernatori Roman Busargin hujum tafsilotlarini ma'lum qilmagan va zarar koʻrgan «sanoat korxonasi» nomini ham aytmagan. U faqat «favqulodda vaziyatlar va tezkor xizmatlar kuchaytirilgan rejimda ishlayotganini» ta'kidladi.
8 yanvar kuni Engels-2 harbiy aerodromi uchun yonilgʻi saqlanadigan Rosrezervning «Kristall» neft bazasiga hujum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”