Mark Ryutte: “Yevropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Yevropa ittifoqiga a'zo davlatlar aholisi mudofaa xarajatlarini YaIMning 10 foizigacha oshirmasa, bir necha yil ichida rus tilini oʻrganishga majbur boʻlishidan ogohlantirdi. U 13 yanvar kuni Yevroparlamentdagi nutqi vaqtida tegishli bayonot bilan chiqdi.
“Agar mudofaani kuchaytirmasak, toʻrt-besh yildan keyin biz rus tili kurslariga qatnashga yoki Yangi Zelandiyaga ketishga majbur boʻlamiz”, dedi Ryutte.
Shu munosabat bilan NATO bosh kotibi Yevropa ittifoqini NATOga a'zo davlatlar shirkatlarining umumiy Yevropa assotsiatsiyasiga a'zo boʻlmagan kompaniyalarining mudofaa sanoatini rivojlantirishga sarmoya kiritishiga toʻsqinlik qilmaslikka chaqirdi.
Ryuttening soʻzlariga koʻra, taktik cheklovlar nafaqat mudofaa xarajatlarini oshirishga toʻsiq boʻlibgina qolmay, balki ishlab chiqarishni murakkablashtiradi va innovatsiyalarga toʻsqinlik qiladi.
Mark Ryutte, shuningdek, alyansning harbiy salohiyatli maqsadlari mamlakatlardan mudofaa uchun YaIMning 3,7 foizigacha mablagʻ sarflashini talab qilishi mumkinligini ta'kidladi. Ammo bu koʻrsatkichni innovatsiyalar va qoʻshma xaridlar orqali kamaytirish mumkin, dedi u.
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp NATO davlatlarining harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan 5 foizigacha oshirish zarurligi haqida oʻz fikrini bildirgan va bu borada Vilnyusdagi sammitda kelishib olingan edi. Biroq Reuters ta'kidlashicha, bu alyansning 32 a'zosining aksariyati uchun deyarli imkonsiz daraja.

Izohlar 0
…