07:31 / 16.01.2025
38

Shvetsiyada davlatga xavf tugʻdiruvchi shaxslar fuqarolikdan mahrum qilinadi

Shvetsiyada davlatga xavf tugʻdiruvchi shaxslar fuqarolikdan mahrum qilinadi
Foto: Getty Images
Shvetsiya oʻz konstitutsiyasiga davlatga xavf tugʻdiruvchi shaxslarni mamlakat fuqaroligidan mahrum qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishni kiritishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Partiyalararo parlament qoʻmitasi tomonidan kelishilgan holda konstitutsiyaga kiritiladigan oʻzgartirishlarga koʻra, Shvetsiya fuqaroligini yolgʻon ma'lumotlar, pora yoki tahdidlar orqali qoʻlga kiritgan qoʻsh fuqarolikka ega, shuningdek, josuslik yoki davlatga xiyonatda ayblangan shaxslar fuqaroligi bekor qilinishi mumkin.

Shvetsiya hukumatidagi oʻng partiya qoʻsh fuqarolikka ega jinoiy guruh a'zolarini ham fuqarolikdan mahrum etish taklifini bildirgan, ammo partiyalararo qoʻmita buni qoʻllab-quvvatlamagan. Bundan tashqari, qoʻmita oʻzgartirishlar toʻplamiga konstitutsiyada abort qilish huquqini mustahkamlovchi moddani kiritishni tavsiya qilgan.

Ma'lumotlarga koʻra, 2024 yilda Shvetsiya boshpana izlovchilar va ularning qarindoshlariga rekord darajada kam miqdorda yashash ruxsatnomalarini bergan. Aholisi 10,5 million kishiga etadigan Shvetsiyaning 20 foiz fuqarolari mamlakat hududidan tashqarida tugʻilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo