16:00 / 17.01.2025
470

Xitoyda daraxt shaklidagi vertikal park yaratildi (foto)

Xitoyda daraxt shaklidagi vertikal park yaratildi (foto)
Xitoyning tarixiy Sian shahrida daraxt shaklidagi vertikal park qurildi. Inshoot muallifi Heatherwick Studio, deb yozmoqda New Atlas nashri. Barglarni eslatuvchi zinapoyali ayvonlarga ega minora tashrif buyuruvchilarga panoramali manzaradan bahramand boʻlish imkonini beradi.

Xi’an Tree(“Sian daraxti”)ning balandligi 57 metrni tashkil etadi. Unda 56 ta terrasa va kaskad bogʻlar bor. Parkda Ipak yoʻlidagi Alp tundrasidan tortib quruq dashtlargacha boʻlgan tabiatning xilma-xilligini namoyish etuvchi oʻsimliklar oʻtqazilgan. Eng yuqori qismida esa bogʻ joylashgan.

Botanika bogʻi kabi, har bir boʻlim oʻzida noyob oʻsimliklar xilma-xilligini jamlagan boʻlib, ularning aksariyatini siz ilgari hech qachon koʻrmagansiz. Yuqoridan turib, Sianning yangi va eski qismlari uygʻunlashib ketgan manzarasini kuzatishingiz mumkin”, — deb ta'kidlaydi Heatherwick Studio.

Daraxt shaklida yaratilgan park va butun hududning dizayni Siandagi mashhur terrakota armiyasidan ilhomlangan — bu miloddan avvalgi 210-209 yillarda barpo etilgan minglab xitoy jangchilari va ularning otlari haykallari dafn etilgan joy. Qurilish jarayonida Heatherwick Studio mahalliy kulollar bilan hamkorlik qildi, ular 100 000 dan ortiq sopol plitalar tayyorlab berdi. Shuningdek, dizaynda an'anaviy Xitoy ibodatxonalari tomlariga ishora qilinganini ham koʻrish mumkin.

Loyiha bogʻdan tashqari turar joy binolari, savdo markazlari, ochiq maydonlar, ofislar va mehmonxona majmualarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, hashamatli koʻkalamzorlar va koʻplab piyodalar yoʻlaklari barpo etilgan.

Heatherwick Studio ilgari Nyu Yorkda Little Island parki, shuningdek, Tokio markazida yangi tuman qurgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo