20:50 / 19.01.2025
25

Ispaniyada osma dor yoʻli uzilib ketdi (video)

Ispaniyada osma dor yoʻli uzilib ketdi (video)
Foto: EPV
Ispaniya shimolidagi Astun togʻ-changʻi kurortidagi osma dor yoʻlida (kanat) yuz bergan avariya oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi, deb ma'lum qildi Kun.uz.

Aragon avtonom hududida hukumatning favqulodda vaziyatlar boʻyicha bosh direktori Migel Anxel Klaveroning ma'lum qilishicha, dor yoʻlidagi troslardan biri uzilib ketgan va bir nechta kabina erga qulagan.

Hukumat ma'lumotlariga koʻra, avariya oqibatida kamida 30 kishi jarohat olgan, ularning toʻqqiz nafari ogʻir ahvolda.

Ta'kidlanishicha, Astun stantsiyasi vaqtincha yopilgan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches oʻzining X ijtimoiy tarmogʻi orqali jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. «Astun stantsiyasidagi avariya xabari barchamizni larzaga soldi. Aragon hukumati raisi Xorxe Azkon bilan gaplashib, hukumatimiz nomidan jabrlanganlarga barcha zarur yordamni yubordim», — deb yozadi u.

Xorxe Azkonning soʻzlariga koʻra, togʻ-changʻi kurortidagi osma dor yoʻli Aragon hukumati tomonidan ma'muriy tekshiruvdan oʻtgan, biroq endi texnik mutaxassislarning avariya haqidagi hisobotini kutish kerak boʻladi.

Versiyalardan birida aytilishicha, dor yoʻli qaytarma gʻildirakning sinib ketishi natijasida yuzaga kelgan — tortuvchi tros uzilib ketgan, bir nechta kabina qulagan, qolganlari esa osilib qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo