Eron sudi mashhur xonandani o‘limga hukm qildi

1 daqiqa o'qish6.1K
Eron sudi mashhur xonandani o‘limga hukm qildi
Foto: Cyprus time
Eron sudi mashhur xonanda Amir Husayn Magsudluni shakkoklikda ayblaganidan keyin o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

37 yoshli xonanda 2018 yildan beri Istanbulda istiqomat qilgan. Biroq 2023 yil dekabrida Turkiya politsiyasi uni Eronga topshirgan. O‘shandan beri u Eronda hibsda saqlanmoqda. U “fohishabozlik”ni targ‘ib qilgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, boshqa hollarda esa u “nomaqbul kontent” tarqatishda ayblangan.

Oliy sud ishni qayta ko‘rib chiqqan va Amir Husayn Magsudluni payg‘ambarni haqoratlaganlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Rep, pop-musiqa va R&B uyg‘unligi bilan tanilgan ko‘plab tatuirovkalarga ega bo‘lgan ijrochi ilgari konservativ siyosatchilar orasida “mashhur” bo‘lgan. Ular xonanda yosh va liberal eronliklarning fikriga ta’sir o‘tkazmoqchi ekanini aytgan.

2017 yilda u hatto o‘ta konservativ Ibrohim Raisiy bilan televizion uchrashuvda qatnashgan. Raisiy keyinchalik Eron prezidenti bo‘ldi, ammo 2024 yilda vertolyot halokatida vafot etdi.

2015 yilda Tehron va jahon davlatlari o‘rtasidagi muhim yadro kelishuvi barbod bo‘layotgan paytda, xonanda Eronning yadro dasturini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shiq chiqargandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?