Foto: Yahoo
Gollivud aktyori Timoti Shalame yaqinda Londonda boʻlib oʻtgan, Bob Dilan ishtirokidagi “A Complete Unknown” (Bob Dilan: hech kimga noma'lum shaxs) filmining premerasiga elektr velosipedda keldi.
Bu harakati bilan u shahar tirbandligidan qochish va ekologik toza transport vositasini targʻib qilishni maqsad qilgan edi. Biroq aktyor velosipedni notoʻgʻri joyda qoldirgani uchun unga 65 funt sterling (79 dollar) miqdorida jarima solindi.
Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi va turli xil munosabatlarga sabab boʻldi. Ba'zilar bu harakatni kulgili deb hisoblasa, boshqalar yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini ta'kidladi.
Foto: Yahoo
“Men 79 dollar miqdorda jarimaga tortildim. Bu kutilmagan va yoqimsiz voqea boʻldi, aslida, bu ijaraga beriladigan velosipedlar reklamasi edi”, deya izoh berdi aktyor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar