$500 milliardlik sun'iy intellekt loyihasi: Stargate e'lon qilindi

1 daqiqa o'qish479
$500 milliardlik sun'iy intellekt loyihasi: Stargate e'lon qilindi
AQShda sun'iy intellekt infratuzilmasi uchun $500 milliard: Tramp "Stargate" loyihasini e'lon qildi.
OpenAI, Oracle va SoftBank Texasda sun'iy intellektni rivojlantirish uchun birlashdi.

21-yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp "Stargate" nomli hamkorlikdagi loyihani e'lon qildi. Ushbu loyiha sun'iy intellekt bilan bogʻliq infratuzilma uchun $500 milliardgacha investitsiya qilishni rejalashtirmoqda. Loyiha OpenAI, Oracle va SoftBank kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Oq Uy ma'lumotlariga koʻra, Stargate Texasda sun'iy intellektni rivojlantirish uchun ma'lumot markazlari va energiya infratuzilmasi qurishni boshlaydi. Dastlabki investitsiyalar $100 milliardni tashkil etadi va bu miqdor besh baravarga yetishi mumkin.

«Bu ulkan mablagʻ va yuqori sifatli odamlar», – dedi Tramp. U loyiha Amerika salohiyatiga ishonchning belgisi ekanligini ta'kidladi.

Tramp bilan birga Oq uyda SoftBank asoschisi Masayoshi Son, OpenAI rahbari Sem Altman va Oracle boshligʻi Larri Ellison ham ishtirok etdi. Ellison loyihani shaxsiy tibbiyot texnologiyalari, xususan, individual vaktsinalar yaratishda yangi imkoniyatlar bilan bogʻladi.

Loyiha rejasi dastlab 2024-yilda ishlab chiqilgan va Bayden ma'muriyati davridan boshlangan edi. Shuningdek, loyiha Microsoft, Arm, NVIDIA va MGX kabi boshqa hamkorlarni oʻz ichiga oladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?