11:34 / 24.01.2025
185

Sietl okrug sudi Trampning tugʻilganlik huquqi boʻyicha fuqarolik toʻgʻrisidagi farmonini blokladi

Sietl okrug sudi Trampning tugʻilganlik huquqi boʻyicha fuqarolik toʻgʻrisidagi farmonini blokladi

Sietl okrug sudi prezident Donald Trampning tugʻilish huquqi boʻyicha fuqarolikni cheklovchi farmonini vaqtincha blokladi. Bu haqda 23 yanvar, payshanba kuni CNN xabar berdi. «Men qirq yildan koʻproq vaqt davomida sudyalikda oʻtiribman. Savol shu qadar aniq boʻlganini boshqa vaqt eslay olmayman», dedi sudya Jon Kofenur qarorida.

Sudya Vashington, Illinoys, Oregon va Arizona shtatlari vakillarining iltimosini qanoatlantirib, prezidentning farmonini ochiqdan ochiq konstitutsiyaga zid deb atadi. Da'vogarlarning ta'kidlashicha, Oq uy rahbari 1868 yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan 14-tuzatishni buzmoqda.

Tramp inauguratsiya kuni imzolagan farmon matniga koʻra, agar bola tugʻilganda chet ellik ota-onasi noqonuniy ravishda yoki faqat vaqtinchalik yashash uchun hujjatlar, shu jumladan turistik yoki ish vizasi bilan AQShda boʻlgan boʻlsa, bola tugʻilishi bilan AQSh fuqaroligini olish huquqiga ega boʻlmaydi.

Ertasi kuni 22 shtat rasmiylari Trampning farmoniga e'tiroz bildirish uchun AQSh sudlariga murojaat qildi. 18 shtat va Kolumbiya okrugi Massachusets sudiga, yana toʻrt shtat Vashington shtati sudiga murojaat qilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo