17:41 / 28.01.2025
291

Kongodagi yirik shaharni isyonchilar egallab oldi

Kongodagi yirik shaharni isyonchilar egallab oldi
Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) sharqida M23 guruhi isyonchilari Goma shahriga kirib bordi va shaharni nazorat qilayotganini ma'lum qildi. Mahalliy aholi vakillari isyonchilar yakshanba kuni kongolez armiyasi ustiga yashin tezligida qilingan hujumdan keyin Goma shahrining markaziy koʻchalarida navbatchilik qilayotgani aks etgan videolarni tarqatan.

Foto: Getty Images
Shaharning koʻplab hududlarida elektr va suv oʻchirilgan. Isyonchilar hukumat armiyasi askarlariga qurollarni topshirishni buyurib, buning uchun 48 soatlik muddat belgilagan. Otishmalar chogʻida halok boʻlganlar va yaralanganlar borligi haqida xabarlar kelmoqda.

BMT va mamlakat xavfsizlik organlaridagi manbalarga koʻra, Goma qamalida isyonchilar bilan birgalikda 3-4 ming atrofidagi ruandalik harbiylar ham ishtirok etgan. AFP agentligi BMTdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, yakshanba kuni M23 saflarini kuchaytirish uchun Goma hududiga qoʻshni Ruanda davlati armiyasining 1000 ga yaqin askari kelib qoʻshilgan.

Dushanba kuni BMTdagi ikki manba xabar berishicha, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda harbiylari Goma shahri yaqinidan oʻtgan chegara chizigʻida bir-biriga qarata oʻt ochgan, Ruanda tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan isyonchilarning yurishi shu erdan boshlangan.

BMTning qochqinlar boʻyicha agentligi ma'lumotiga koʻra, 2025 yil boshidan buyon Ruanda bilan chegara yaqinidagi Shimoliy va Janubiy Kivu provintsiyalarida jami 400 000 kishi oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan.

Bu 1996 yildan 2003 yilga qadar vaqt oraligʻida ikki vayronkor urushni boshdan kechirgan mintaqadagi gumanitar vaziyatni yanada ogʻirlashtirgan.

M23 — qanday guruh?

«23 mart harakati» deb ham tanilgan M23 guruhi — kongolez qoʻshiniga qarshi qoʻliga qurol olgan etnik tutsilarning isyonchi guruhidir.

Guruh hozirgi isyonni 2022 yilda boshlagandi. Ular oʻz harakatlariga Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida tutsilarning oldingi isyoniga barham bergan, 2009 yil 23 martida tuzilgan kelishuvni asos qilib keltirishadi.

Guruh Kongo hukumatini tinchlik kelishuvi shartlarini bajarmaganlikda va mamlakatdagi tutsilarni armiya hamda rahbarlik lavozimlariga integratsiya qilmaganlikda ayblaydi. U shuningdek Kongodagi tutsilarni 1994 yilgi genotsiddagi ishtirokidan keyin (oʻshanda 1 millionga yaqin tutsilar hamda moʻ'tadil xutular oʻldirilgan) Ruandadan qochib oʻtgan xutular tomonidan asos solingan Ruanda ozodligi demokratik kuchlari guruhidan himoya qilishni ham oʻz oldiga maqsad qilgan.

2012 yil oxirida M23 ma'lum muddatga Gomani egallab oladi, ammo kelishuv imzolab, shaharni tark etadi. 2013 yilda KDR armiyasi va BMT kuchlari guruhni harbiy magʻlubiyatga uchratadi, ammo bir necha yil oʻtib u yana oʻz faoliyatini boshlaydi.

2025 yil boshidan isyonchilar yangi hududlarni egallashga kirishib, Shimoliy Kivu provintsiyasi markazi hisoblangan Gomaga etib keladii, bu esa minglab kishilar oʻz uylarini tashlab ketishiga olib keladi.

M23 bir yildan buyon Kongoning Rubayya mintaqasini nazorat qiladi, bu erda koltan qazib olinadi va BMT ma'lumotiga koʻra, qazib olish soligʻidan yiliga 800 000 dollar daromad koʻradi. Koltan — niobiy va tantalning qimmatbaho rudasi boʻlib, uning zaxiralarining 80 foizi Kongo hududida joylashgan — bu ruda smartfonlar va boshqa elektron texnikalar ishbab chiqarishda foydalaniladi.

Tahlilchilar fikricha, soʻnggi haftalarda yangi hududlarga kirib kelgan guruh qazib olish ishlaridan oladigan daromadini koʻpaytirgan.

Ruandaning bunga nima daxli bor?

Kongo demokratik respublikasi hukumati, BMT rasmiylari va gʻarbning yirik davlatlari, jumladan AQSh ham qoʻshni Ruandani mojaro qoʻzgʻash va M23 guruhini qoʻllab-quvvatlashda, buning uchun Kongo hududiga ruandalik minglab harbiylar va ogʻir qurolarni joylashtirganlikda ayblaydi.

Bu ayblovlarga BMT ekspertlar guruhining 2022 yilgi hisoboti asos boʻlgan, unda aytilishicha, ularda Ruanda qoʻshini M23 guruhi isyonchilari bilan birgalikda jang qilganiga oid «ishonarli dalillar» mavjud.

Ruanda isyonchilarni qoʻllashini rad etadi. Mamlakat hukumati mudofaa choralari qoʻllashini bildirib, KDRni ikki mamlakat hududidagi tutsilarga hujum qilayotgan Ruanda ozodligi demokratik kuchlarini qoʻllashda ayblaydi.

Yakshanba kuni kekchqurun BMT Xavfsizlik kengashi agressiv «tashqi kuchlar»ni olib chiqishga chaqirilgan bayonot berdi.

Evropa Ittifoqi kengashi ham Ruanda hukumatini qoʻshni davlat sharqidagi isyonchilarni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishga chaqirdi. «Evropa Ittifoqi KDR sharqidagi inqirozni diqqat bilan kuzatmoqda. Ruanda oʻz qoʻshinlarini KDRdan olib chiqishi kera», dedi Evropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kaya Kallas. U, shuningdek, Evropa Ittifoqi tinchlikparvar missiyasi a'zolariga qilingan hujumlarni nomaqbul deb atadi.

Ruanda qoʻshinlarni olib chiqish haqidagi chaqiriqlarni rad etgan.

«Ruanda chegarasi yaqinidagi harbiy harakatlar hamon Ruanda xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga jiddiy tahdid solmoqda va Ruandadan muntazam mudofaani talab etadi», — deyilgan Ruanda tashqi ishlar vazirligi xabarida.

BMT ekspertlari hisobotida aytilishicha, Ruanda M23 guruhidan Kongo demokratik respublikasi resurslarini oʻzlashtirish va ularni oʻz foydasi uchun xorijga eksport qilishda foydalanmoqda.

Ruanda Kongo DR ishlariga bir necha marta aralashgan. Ruanda 1996 va 1998 yillarda mahalliy tutsilarni himoya qilish bahonasida Uganda bilan birgalikda ushbu mamlakatga bostirib kirgan.

Boshqa kuchlar

BMT tinchlikparvar kuchlari Kongo sharqida harakat qilayotgan koʻplab isyonchi guruhlarga qarshi kurash boʻyicha MONUSCO missiyasining koʻp yillik mandati doirasda kongolez armiyasining M23 guruhiga qarshi kurashdagi harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Missiyaning Kongodan kelishilgan tarzda olib chiqilishi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat yomonlashgani sababli toʻxtatilgan. Dekabr oyi holatiga koʻra, mamlakat hududida 11 000 ga yaqin tinchlikparvar joylashtirilgan, ularning aksari mamlakat sharqida.

Oʻtgan yil oxirida Janubiy Afrika taraqqiyot hamjamiyati ham Kongodagi harbiy missiyasining mamlakatda qolish muddatini uzaytirgandi.

Soʻnggi eskalatsiya chogʻida xorijiy tinchlikparvar kuchlar kontingentining 13 nafar harbiysi halok boʻlgan va BMT rahbari Antoniu Guterrish yakshanba kuni Ruanda qurolli kuchlarini Kongodan olib chiqishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo