Foto: wikipedia.org
Alyaska yarim orolida AQShning F-35A qiruvchi samolyoti qulab tushdi. Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi va tirik qoldi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Hodisa 28 yanvar kuni sodir boʻlgan. Polkovnik Pol Taunsendning ta'kidlashicha, qiruvchi samolyot harbiy havo kuchlarining Eylson bazasida mashgʻulotlar oʻtayotgandi. Uchuvchi parvoz vaqtida favqulodda holat yuzaga kelganini aytgan. U katapulta qilishga ulgurgan va hozirda stabil holatda boʻlib, tibbiy muassasada tekshiruvdan oʻtmoqda.
“Harbiy havo kuchlari shunga oʻxshash hodisalar takrorlanish ehtimolini minimallashtirish uchun sinchkovlik bilan tekshiruv oʻtkazadi”, deydi polkovnik.
F-35 Light II — Amerikaning Lockheed Martin Aeronautics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan beshinchi avlod qiruvchi samolyotlar oilasi.
Samolyot uch xil variantda ishlab chiqariladi: AQSh Harbiy-havo kuchlari uchun (er qiruvchisi), AQSh dengiz piyodalari korpusi va Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari uchun (qisqa masofada uchish va vertikal qoʻnish imkoniyatiga ega qiruvchi) hamda AQSh harbiy-dengiz kuchlari uchun (aviatashuvchi).
F-35 bir parvozda 12 soatdan ortiq havoda boʻlishi mumkin. Bu bitta missiya doirasida Shimoliy yarim sharning deyarli istalgan nuqtasiga borish imkonini beradi.
F-35 qiruvchi samolyotlarining dunyoda qoʻllanilishi
15 yanvar kuni Norvegiyaning ikkita F-35 samolyoti Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumi paytida Polsha havo hududini himoya qilish uchun koʻtarilgan. NATO aviatsiyasining bunday parvozi birinchi marta sodir boʻldi.
Dekabr oyida Niderlandiyaning F-35 samolyotlari Boltiq dengizi ustida rus samolyotlarini tovushdan tez raketalar bilan ushlab oldi. 2024 yilning bahorida F-35A qiruvchi samolyoti yadroviy bombalardan foydalanish uchun sertifikatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar