Foto: SCMP
Xitoyning Taihang National Laboratory aerokosmik dvigatellar tadqiqot markazi mutaxassislari sun'iy intellekt texnologiyasiga ega turboreaktiv dvigatel sinovini muvaffaqiyatli oʻtkazdi. South China Morning Post gazetasining yozishicha, u 4 Max (qariyb 4,9 ming km/soat) tezlikda ham «samarali va barqaror» ishlay oladi.
Nashr ma'lumotlariga koʻra, nomi oshkor etilmagan dvigatel harbiy mahsulotlar «ta'minot zanjirini 100 foiz mahalliylashtirish» talablariga javob beradi. Taihang National Laboratory Xitoyning J-20 qiruvchi samolyotlariga oʻrnatilgan Taihang seriyasidagi aviadvigatellarni ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan tanilgan.
Qayd etilishicha, ushbu sinovlarga oid xabarlar XXRda tovushdan toʻrt barobar tezroq ucha oladigan harbiy samolyot ustida ishlar olib borilayotganiga ilk rasmiy tasdiq hisoblanadi. Loyiha maqsadi — Amerikaning SR-71 Blackbird’idan tezroq va takomillashgan samolyot yaratish.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining yangi samolyot ancha tez, ammo nisbatan tejamkor boʻlishi haqidagi talabi konstruktorlar uchun jiddiy muammo tugʻdirgan. Natijada, xitoylik olimlar dvigatel samaradorligini oshiradigan adaptiv modelni ishlab chiqqan — bu unga foydalanishning deyarli barcha rejimlarida «aqlli ishlash» imkonini taqdim etadi.
2024 yil dekabr oxirlarida Xitoy parvoz sinovlari vaqtida gipertovush tezligiga erisha oladigan reaktiv samolyot prototipi yaratilganini e'lon qilgandi. Dizaynerlarning ta'kidlashicha, etarlicha katta korpusga ega prototipli samolyot 2021 yilda sinov parvozi paytida 6,56 Max (taxminan 5033 mil/soat) tezlikka erishgan. Sinov parvozi natijalari shu vaqtgacha muhandislar va Xitoy rasmiylari tomonidan sir tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar