1 fevral kuni soat 18:00 atrofida Kursk oblasti Sudja shahrining Lenin koʻchasi 7-uy manzilida joylashgan sobiq internat maktabi zarbaga uchradi.
Internat boʻylab berilgan zarba haqida birinchilardan boʻlib mahalliy aktivist Vladimir Sinelnikov xabar berdi, u «voqea joyidagi manba»ga asoslangan. Uning soʻzlariga koʻra, Sudja rayoni aholisi, «asosan qariyalar va keksalar» saqlangan internat binosiga zarba Moskva vaqti bilan taxminan soat 17:54 da (u keyinroq aniqlik kiritib, boshqa manbalarga koʻra — bu bir soatcha keyinroq boʻlganini xabar qildi) aviabomba kelib tushgan. Yana bir mahalliy aktivist, #yamisudja fleshmobi tashabbuskori Lyubov Priluskaya esa «Agentstvo» nashriga unda ham xuddi Sinelnikovniki kabi ma'lumotlar borligini aytgan.
Bu xabarlardan koʻp vaqt oʻtmay Ukraina tomonidan Ukraina qurolli kuchlarining Sudjadagi komendaturasi rahbari Aleksey Dmitrashkovskiy va Ukraina QK bosh shtabi bayonotlar berdi. Dmitrashkovskiy Rossiya qoʻshini internat binosiga zarba yoʻllashi oqibatida 95 kishi xarobalar ostida qolanini ma'lum qilgan.
Foto: Videodan kadr
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabidan aniqlik kiritishlaricha, zarba Rossiya aviatsiyasi tomonidan soat 17:54 da (Kiyevdagi qishki vaqt Moskvadagidan bir soat ortda) boshqariluvchi aviatsiya bombasini qoʻllagan holda berilan. Harbiylar tasdiqlashicha, aniq maqsadli zarba yoʻllangan, hujum vaqtida binoda tinch aholi vakillari boʻlgan oʻnlab kishilar joylashgandi, ular evakuatsiyaga tayyorlanayotgan va Rossiya tomoni bu erda «faqat tinch aholi vakillari» boʻlganidan xabardor edi.
Keyinroq Ukraina QK bosh shtabi internat boʻylab zarba oqibatida toʻrt kishi halok boʻlganini xabar qildi. Yana 84 kishi xarobalar ostidan chiqarib olingan, ulardan toʻrt nafari ogʻir ahvolda.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham internat binosi boʻylab zarba Rossiya aviabombasi orqali yoʻllanganini aytdi. «Mana Rossiya qanday urush olib boradi — Sudja, Kursk oblasti, Rossiya hududi, evakuatsiyaga tayyorlanayotgan tinch aholi vakillari boʻlgan internat maktab. <…> Ular oʻnlab fuqarolari boʻlgan binoni vayron qilishdi», — deya yozgan Zelenskiy.
Rossiya mudofaa vazirligi hujumdan bir necha soat oʻtib internatga zarbani Ukraina qurolli kuchlari berganini xabar qildi — harbiy idora bayonotida aytilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari ukrainlar Sumi oblastidan raketa uchirganini qayd etgan. Raketa turi xabarda keltirilmagan. Vazirlik internat boʻylab zarbani «jahon hamjamiyati e'tiborini Kiyev rejimi Kursk oblastining Russkoye Porechnoye qishlogʻida sodir etgan xunrezliklardan chalgʻitish»ga qaratilgan «provokatsiya» deb atagan.
Rossiyadagi Lpr1 monitoring telegram-kanalida zarba yoʻllangani aytilgan vaqtdan oldinroq Sudjadagi raketa xavfi haqida ikki ogohlantirish berilgandi. Ikki daqiqa oʻtib kanalda Ukrainaning Sumi oblastidan uchirilgan toʻrt raketa haqida ogohlantirish berilgan.
Zarba Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yoʻllangani haqida rossiyalik «harbiy muxbirlar» va harbiy blogerlar ham yoza boshlagan. Ulardan bir qismi bu vaqtda Sudja rayonida Rossiya aviatsiyasi ishlamaganini qayd etishgan — Rossiyaning «Shimol» qoʻshinlar guruhi faoliyati haqida postlar berib boriladigan «Severniy veter» kanalida bu yomon ob-havo bilan izohlangan. Ushbu kanalda ma'lum qilinishicha, guruhdagi havo hujumidan mudofaa tizimlari Sumi oblastidan Sudja tomon HIMARS tizimidan oltita raketa uchirilganini qayd etgan.
Shu bilan birga, «Agentstvo» nashri e'tibor qaratishicha, Rossiyaning «Birinchi kanali» 2 fevral kuni Rossiya aviatsiyasi Kursk oblastidagi ukrain boʻlinmalari ustiga zarbalar yoʻllagani haqida xabar qilgan. «Bu vaqtda bizning uchuvchilarimiz, bombardimonchi shturmoviklar hamda vertolyotlar uchuvchilari dushmanning Kursk oblastidagi pozitsiyalariga zarbalar yoʻlladi. <…> Asosiy aviaguruhning muvaffaqiyatli hujumi natijasida ukrain tuzilmalari zirhli texnikalari va piyodalari yoʻq qilindi», — deya koʻrsatuvdan iqtibos keltirgan «Agentstvo».
Rossiya mudofaa vazirligi zarba oqibatida halok boʻlganlar yoki yaralanganlar borligini xabar qilmagan. Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn 1 fevral kuni kechqurun hozircha internetga yoʻllangan zarba oqibatida jabrlanganlar soni boʻyicha aniq ma'lumot yoʻqligini aytgan.
Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari Rossiya mudofaa vazirligi bayonotidan keyin «Viraj-planshet» tizimidan olingan skrinshotni e'lon qildi — bu tizimdan havodagi vaziyat toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni onlayn olish uchun foydalaniladi. Ukrain harbiylar ma'lum qilishicha, skrinshotda Rossiya aviabombasi harakati trayektoriyasi aks etgan. Ularning ma'lumotiga koʻra, maktab internat binosida tinch aholi vakillari boʻlgan 86 kishi hamda toʻrt xodimdan iborat Ukraina milliy politsiyasi punkti joylashgandi. Zarba oqibatida binoning markaziy qismi vayron boʻlgan.
Havo kuchlari xabarida aytilishicha, ogʻir yaradorlar barqarorlashtirish punktlariga olib borilgan, u erdan shifoxonaga yuboriladi.
Sudja avgust oyidan buyon Ukraina qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan. Mahalliy aholi vakillari «7×7» nashriga soʻzlab berishicha, internatda turgan odamlar faqat ukrainlar orqali oʻz qarindoshlari bilan bogʻlanishi mumkin edi. Qarindoshlaridan biri ushbu binoda boʻlgan Lyubovning soʻzlariga koʻra, internatda qolayotganlarning yaqinlari yaqin vaqtlar ichida ularni Sumi orqali Belarusga olib oʻtish va keyin Rossiyaga qaytarishdan umid qilayotgandi.
«Odamlar butun rayon boʻylab, turli joylarda qolmoqda. Internatda asosan keksalar toʻplangandi! Bir joyda boʻlganida ularga qarash osonroq», — degan «7×7» nashriga Sudjadan boʻlgan boshqa bir qochqin Tatyana. Uning soʻzlariga koʻra, bemorlar va keksa kishilarni Sudja aholisi parvarishlagan, ukrain harbiylari esa ularga insonparvarlik yordami olib kelgan.
2 fevral kuni Rossiya tergov qoʻmitasi Ukraina qurolli kuchlari 19-alohida raketa brigadasi qoʻmondoni Rostislav Karpushaga nisbatan terakt haqidagi modda boʻyicha jinoiy ish (JK 205-modda, 3-qismi, «b» bandi) qoʻzgʻatdi. Tergov versiyasiga koʻra, 1 fevral kuni Karpusha Sudjada tinch aholi vakillari joylashgan maktab internat binosiga raketa zarbasi yoʻllashga buyruq bergan. Zarba oqibatida qurbonlar va yaralanganlar bor, deyiladi TQ xabarida. Idora xabarida ularning soniga aniqlik kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar