Rossiya va Ukraina 150 harbiy asirni almashdi

1 daqiqa o'qish256
Rossiya va Ukraina 150 harbiy asirni almashdi
Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashish jarayonini amalga oshirdi. Har ikki tomon ham 150 nafardan harbiy asirni ozod qildi. Asirlarni qaytarish jarayonida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vositachilik qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi oʻzining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Xabarga koʻra, 5-fevral kuni muzokaralar natijasida Kiyev nazoratidagi hududdan 150 nafar rossiyalik harbiy qaytarilgan, evaziga esa 150 nafar Ukraina qurolli kuchlari askarlari topshirilgan.

Rossiya tomonidan ozod qilingan askarlar hozirda Belarusda boʻlib, ularga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatilmoqda hamda yaqinlari bilan bogʻlanish imkoniyati berilgan. Keyinchalik ular Rossiyaga yetkaziladi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham oʻzining Telegram-kanalida bu almashinuvni tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, ozod etilgan 150 ukrainalik harbiy orasida Mariupol va Zaporojye viloyatida asirga tushgan dengiz piyodalari, havo kuchlari vakillari, desantchilar, milliy gvardiyachilar, chegara qoʻshinlari hamda bir nafar politsiyachi bor. Ayrimlar ikki yildan ortiq asirlikda boʻlishgan.

Bundan avval, 2024-yil 30-dekabr kuni ham Rossiya va Ukraina xuddi shunday formatda — "150 ga 150" shaklida harbiy asirlarni almashgan edi. Oʻshanda ham BAA vositachilik qilgan edi.

13-yanvar kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov harbiy asirlarni almashish jarayoni murakkab kechayotganini, ammo bu boradagi ishlar davom ettirilishini ma'lum qilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?