5-fevraldan migrantlarga yangi qoidalar qoʻllaniladi

1 daqiqa o'qish844
5-fevraldan migrantlarga yangi qoidalar qoʻllaniladi
Rossiyada 5-fevraldan boshlab noqonuniy migrantlarga nisbatan yangi qoidalar kuchga kiradi. Mamlakatga hujjatsiz kelgan yoki ruxsatsiz yashab turgan xorijliklar nazorat qilinadigan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi. Ular deportatsiya qilinmaguncha yoki oʻz ixtiyori bilan chiqib ketmaguncha ushbu roʻyxatda qoladi.

Roʻyxatga tushgan xorijliklar quyidagi cheklovlarga duch keladi:
* Ichki ishlar organlaridan ruxsatsiz yashash joyini oʻzgartirish taqiqlanadi.
* Boshqa hududga koʻchib oʻtish uchun oldindan xabar berish shart boʻladi.
* Koʻchmas mulk va transport vositalarini sotib olishga ruxsat berilmaydi.
* Nikohdan oʻtish mumkin emas.
* Yuridik shaxs tashkil etish va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish taqiqlanadi.
* Bank hisobvaraqlari ochish va ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish cheklanadi.

Agar migrant ushbu qoidalarga qayta-qayta rioya qilmasa, u deportatsiya qilinadi va ichki ishlar organlari maxsus muassasiga joylashtiriladi.

Shuningdek, agar voyaga yetmagan migrant "nojoiz" deb topilsa, ushbu maqom uning ota-onasiga ham tatbiq etiladi. Migrantni istalmagan shaxs sifatida tan olish sabablari orasida bir necha bor chiqarib yuborish, sudlanganlik yoki soxta hujjatlar taqdim etish boʻlishi mumkin.

Bundan tashqari, xorijliklarni chiqarib yuborish vakolatiga ega boʻlgan amaldorlar roʻyxati kengaytirildi. Endi sudyalar va chegara xodimlaridan tashqari, hududiy va transport politsiyasi rahbarlari, Migratsiya xizmati boshliqlari hamda narkotik nazorati boʻyicha mas'ul xodimlar ham migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bu esa ichki ishlar organlariga qoidabuzarliklar, jumladan, viza va migratsiya qoidalariga rioya qilmaslik uchun oʻz mustaqil qarorlarini chiqarish imkonini beradi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ushbu oʻzgarishlarni amalga oshirish uchun tegishli farmoyishlarini yangiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?