![Ukraina dronlari Krasnodar va Rostovga hujum qildi](/uploads/posts/2025-02/45f49a79e2_61499by1ri8b2k24swbrfjyghyxk4fv8.webp)
10 fevral, dushanbaga oʻtar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiyaning Krasnodar oʻlkasiga hujum uyushtirdi.
Mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga koʻra, "Tsentralniy" turar-joy majmuasining 19-qavatida joylashgan texnik xona tomi zarar koʻrgan. Bu haqda mintaqa gubernatori Veniamin Kondratev Telegram-kanalida xabar berdi.
Shuningdek, Afipskiy posyolkasi hududida ham bir dron urib tushirilgan. Uning qoldiqlari shaxsiy uyga zarar etkazgan, ammo jabrlanganlar yoʻq.
Mahalliy SHOT Telegram-kanali ma'lumotiga koʻra, taxminan soat 02:00 da posyolka aholisi Afip neftni qayta ishlash zavodi hududida bir necha portlash ovozlarini eshitgan. Bu holatga havo hujumidan mudofaa tizimlari sabab boʻlgani taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, Rossiyaning bir nechta Telegram-kanallari Ukraina dronlari Slavyansk-na-Kubani neft zavodiga ham hujum qilganini xabar berdi.
![](/uploads/posts/2025-02/2ce0379c59_0496cd5eb054adb463713e67f7ec12c0.webp)
Bundan tashqari, oʻsha kecha Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiyaning Rostov viloyati chegaradosh hududlariga ham hujum qilgan. Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar barcha dronlar yoʻq qilinganini va jabrlanganlar yoʻqligini ma'lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar