![AQSh Ukraina bilan iqtisodiy bitim tuzmoqchi](/uploads/posts/2025-02/3deda3bc50_0d98fc2891d9f49ca1f722dab4b00faba3a77e00.webp)
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
AQSh moliya vaziri Skott Bessentning aytishicha, Vashington Ukrainaga yordam evaziga Ukraina bilan iqtisodiy kelishuvga erishmoqchi. «Biz iqtisodiy hamkorlik boʻyicha kelishuv tuzmoqchimiz», dedi u 12 fevral, chorshanba kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng jurnalistlarga.
Buning evaziga Qoʻshma Shtatlar «Ukraina va Ukraina xalqiga moddiy yordam koʻrsatishda davom etadi», deya qoʻshimcha qildi vazir.
Volodimir Zelenskiy 14 fevral, juma kuni boshlanadigan Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi (MSC)da AQSh bilan iqtisodiy kelishuvlarni imzolash niyatida ekanligini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, rasmiylar jamoasi keyingi ikki kun davomida «Myunxenda ba'zi kelishuvlarni yakunlash imkoniyatiga ega boʻlish uchun» ishlaydi.
Tramp Ukrainaga yordam evaziga nodir metallarni olishni istamoqda
3 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina AQShga nodir metallar etkazib berishga va'da bersa, unga yordam taqdim etish davom etishini aytdi. «Biz Ukrainaga ularda juda qimmatli noyob metallar borligini aytamiz, - dedi u Oq uyning Oval idorasida jurnalistlarga. - Biz Ukraina bilan shartnoma tuzmoqchimiz, unda ular biz berayotgan narsani noyob metallar va boshqa narsalar bilan ta'minlaydi».
Tramp Kiyevdan Vashingtonga resurslar etkazib berilishini xohlaydimi, degan savolga prezident ijobiy javob berib, noyob metallar boʻyicha «kafolatga ega boʻlish kerakligi» haqida ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, Ukraina bunga allaqachon tayyor. Oq uy rahbarining soʻzlariga koʻra, u Kiyevdan koʻrsatilgan yordam uchun Vashingtonga «deyarli 300 milliard dollar tovon toʻlashini» istaydi.
7 fevral, juma kuni Volodimir Zelenskiy Ukraina oʻzining foydali qazilmalari zaxiralarini, jumladan, noyob metallarini Gʻarbga «berishni» istamasligini aytdi. Kiyev oʻzining gʻarbiy hamkorlariga AQSh bilan konlarga kirish boʻyicha ustuvor huquqni olish uchun oʻzaro manfaatli hamkorlikni taklif qiladi.
«Amerikaliklar eng koʻp yordam berdi, shuning uchun amerikaliklar eng koʻp pul topishi kerak. Ular bu ustuvorlikka ega boʻlishlari kerak va ular bunga erishadilar. Men bu haqda prezident Tramp bilan gaplashmoqchiman», — deya ta'kidladi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar