Germaniya Ukrainaga qoʻshin yuborish shartini ma'lum qildi

1 daqiqa o'qish1.9K
Germaniya Ukrainaga qoʻshin yuborish shartini ma'lum qildi
Foto: AP Photo
Germaniya hukumati Rossiya ishtirokida mojaroni hal qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmaguncha Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yubormaydi. Bu haqda “Germaniya uchun muqobil” (AdG) partiyasidan bundestag a'zosi Kay Gotshalk ma'lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

"Oʻylashimcha, bu yerda, jamiyatda, ayniqsa mening partiyamda men bilgan nemislardan hech kim Ukrainaga askar yubormagan boʻlardi. Ehtimol, sobiq Yugoslaviyadagi kabi tinchlik oʻrnatish jarayonidan soʻng yoki shunga oʻxshash bir narsadan keyin, bu amalga oshishi mumkin", dedi deputat.

Gotshalkning aniqlik kiritishicha, tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini koʻrib chiqishdan oldin, Rossiya bilan tinchlik va ishonchni tiklashga olib keladigan “aniq yoʻl xaritasi” boʻlishi kerak.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya avvalroq Ukrainada tinchlikparvar kontingentni joylashtirish uchun BMT Xavfsizlik kengashi mandati kerakligini, aks holda bunday harbiylar Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgandi.

Italiya mudofaa vaziri Guido Krozetto Ukrainadagi ehtimoliy tinchlikparvar missiya faqat Yevropa missiyasi boʻlishi mumkin emasligini ta'kidlagan. U bu missiyaga Hindiston, Braziliya, Xitoy va Saudiya Arabistonidan kelgan tinchlikparvarlar ham kiritilishi lozimligini aytgan.

Britaniya Ukrainaga qoʻshin joylashtirishga tayyor

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer wsa uning mamlakati xavfsizlik kafolatlarini ta'minlash uchun Ukrainaga qoʻshin yuborishga tayyorligini aytgan.

Uning soʻzlariga koʻra, har yili Britaniya Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun taxminan 3 milliard funt ajratadi. Bu yordam 2030 yilgacha moʻljallangan. U Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini tezlashtirish boʻyicha ishlarga oʻz hissasini qoʻshishga tayyorligini ham qoʻshimcha qildi.

"Bu, shuningdek, zarurat tugʻilganda, oʻz qoʻshinlarimizni joylashtirish orqali Ukraina xavfsizligini ta'minlashga hissa qoʻshishga tayyor ekanimiz va istagimizni anglatadi. Bu yengil-yelpi gap emas. Britaniyalik harbiy xizmatchilarni xavf ostiga qoʻyish mas'uliyatini juda chuqur his etaman. Biroq, Ukraina xavfsizligini ta'minlashga koʻmaklashish qit'amiz va mamlakatimiz xavfsizligini kafolatlashga yordam beradi", dedi Starmer.

Bu Starmerning Ukraina hududiga tinchlikparvar kuchlarni kiritishni ommaviy ravishda va'da qilgan birinchi holatidir. Uning bayonoti 17 fevral kuni Parijda Yevropa yetakchilari bilan boʻladigan uchrashuv arafasida yangradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?