Olimlar saratonning rivojlanish xavfini belgilaydigan 380 ta gen variantini aniqladi

1 daqiqa o'qish311
Olimlar saratonning rivojlanish xavfini belgilaydigan 380 ta gen variantini aniqladi
Foto: Shutterstock
Stenford universiteti olimlari saratonning rivojlanishiga sezilarli ta'sir koʻrsatadigan 380 ta muhim genetik variantlarni aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature Genetics jurnalida chop etildi.

Olimlarning tushuntirishicha, inson genomidagi DNK ketma-ketligida kuzatiladigan minglab kichik oʻzgarishlar onkologik kasalliklarga bogʻliq. Ammo ushbu oʻzgarishlarning qaysi biri saraton hujayralarining nazorat qilib boʻlmaydigan oʻsishiga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmaklashishi ma'lum emasdi.

Bilimdagi bu boʻshliqni toʻldirish uchun olimlar yagona nukleotid polimorfizmlari deb nomlanuvchi ushbu irsiy genetik oʻzgarishlarning birinchi keng koʻlamli tahlilini oʻtkazdi. Tajriba doirasida saratonning eng keng tarqalgan 13 turidan birini tashxisi qoʻyilgan millionlab odamlardan genetik namunalar toʻplangan.

Tadqiqot davomida saraton hujayralarini ishga tushirib, ularning oʻsishini qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydigan 400 ga yaqin variant aniqlangan.

Olimlarning ta'kidlashicha, tadqiqot rivojlanish jarayonida hujayralar boʻlinishi yoki qayta tiklanish davomida toʻplanishi mumkin boʻlgan mutatsiyalarga emas, balki homiladorlik paytida irsiy oʻtadigan DNK ketma-ketligiga qaratilgan. Ushbu genetik variantlar bazasidan kelajakda onkologik kasalliklar xavfini prognoz qilishda foydalanish mumkin boʻladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?