O‘zbekistonda qishki gaz ta’minoti tartibi belgilandi

1 daqiqa o'qish4
O‘zbekistonda qishki gaz ta’minoti tartibi belgilandi

2026–2027 yillar kuz-qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik ahamiyatga ega iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash choralari belgilandi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, yangi tartib 2026 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 31 martgacha amal qiladi.

Gaz resurslarini oqilona taqsimlashda birinchi navbatda aholi xonadonlari, maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat beriladi.

Bu boradagi vazifalar Energetika vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar hamda gaz ta’minoti tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan.

Energetika vazirligi «O‘ztransgaz» va «Hududgazta’minot» aksiyadorlik jamiyatlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda gaz resurslari va ob-havo sharoitidan kelib chiqib, o‘n kunlik va kunlik yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqadi.

Ushbu jadvallar har oyning 25-sanasiga qadar kuz-qish mavsumini uzluksiz o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Komissiya esa har oyning oxirgi kuniga qadar keyingi oy uchun hududlar va yirik ulgurji iste’molchilar kesimidagi jadvallarni tasdiqlaydi.

Tuman va shaharlar bo‘yicha gaz taqsimotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari «Hududgazta’minot»ning hududiy filiallari bilan birgalikda tashkil etadi.

Havo harorati keskin pasaygan holatlarda boshqa toifadagi iste’molchilar uchun belgilangan tartibda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?