
Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubiga keng ko‘lamli havo hujumlarini amalga oshirdi. Hujumlar asosan Hizbulloh harakati harbiy obyektlariga qaratilgani taxmin qilinmoqda.
20 dan ortiq havo zarbalari
Al Manar telekanalining xabar berishicha, Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi sakkizta aholi punkti yaqinida 20 ga yaqin havo zarbasini bergan. Bu hududda asosan Hizbullohga qarashli obyektlar mavjud bo‘lib, ular Isroil bilan doimiy nizolarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Al Jazeera telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil 30 daqiqa ichida 15 ta havo hujumi uyushtirgan va taxminan 20-25 ta raketa otgan. Hujumlardan keyin Livan tomoni qurbonlar va zarar ko‘rganlar haqida aniq ma’lumot bermagan.
Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi kelishuvga qaramasdan hujumlar davom etmoqda
2024 yil 27 noyabrda Isroil va Livandagi Hizbulloh harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirgandi. 2025 yil yanvar oyida tomonlar uni 18 fevralga qadar uzaytirish haqida kelishib olgan edi. Ammo Isroil harbiylari ushbu kelishuvga qaramasdan hujumlarni davom ettirmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Isroil armiyasi AQSH bilan kelishilgan holda Livan bilan chegaradagi bufer zonada “noma’lum muddat” qolishini ma’lum qilgan.
"Livan bilan chegarada bufer zona mavjud. Biz Qo‘shma Shtatlardan ruxsat oldik, ularga xarita berdik va biz u yerda noma’lum muddatga qolamiz", — degan Isroil vaziri.
Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi keskinlik yana avj olmoqda. Garchi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv amal qilsa-da, Isroil armiyasi Livan janubiga havo zarbalarini berishda davom etmoqda. Bu esa yaqin kelajakda Isroil-Livan o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Hizbulloh harakati ushbu hujumlarga qanday javob qaytarashi hali noma’lum. Ammo harbiy tahlilchilar bu vaziyat Livan va Isroil o‘rtasidagi mojaroni yanada kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar