
RBK eng yirik oltin zaxirasiga ega mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra AQSH ushbu reytingda katta farq bilan oldinda bormoqda — 8133,46 tonna.
Undan keyingi uchlikni Yevropa mamlakatlari band etdi — Germaniya (3351,53 tonna), Italiya (2451,84) va Fransiya (2437). Top-5ga Rossiya ham kirdi — 2335,9 tonna.
Xitoy (2279,56) — oltinchi, Shveysariya (1039,94) — yettinchi, Hindiston (876,18) — sakkizinchi, Yaponiya (845,97) — to‘qqizinchi, Niderlandiya (612,45) — o‘ninchi o‘rinda.
Kecha, 15 mart kuni oltin qiymati tarixda birinchi marta bir unsiyasi (31,1 gramm) uchun 3 ming dollardan oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar