date
views 279

Turkiyada ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadi

Turkiyada ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadi
Turkiyada o‘zbekistonlik fuqaro ayolni uning roziligisiz suratga olgani uchun jiddiy oqibatlarga duch keldi. Hodisa mamlakat qonunchiligi doirasida qaralib, unga nisbatan deportatsiya chorasi qo‘llanishi belgilandi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vaziyatga o‘z vaqtida aralashgan konsullik xodimlari fuqaroning jazosini yengillashtirishga yordam berishgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilishining oldi olingan. Ammo u baribir Turkiyadan chiqarib yuboriladi.

Ruxsatsiz suratga olish – jinoiy harakat

Bosh konsulxona tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirishda ta’kidlanishicha:

“Turkiyada begona shaxslarni ularning ruxsatisiz suratga va videoga olish – shaxsiy daxlsizlikni buzish sifatida baholanadi va bu sizga nisbatan jiddiy huquqiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkin”.

Ayni paytda Turkiyadagi ichki ishlar organlari shaxsiy hayot daxlsizligiga doir qonunlarni qat’iy rioya qilmoqda. Jumladan, shaxsning roziligisiz uning rasmini olish, tarqatish yoki internetga joylashtirish jinoiy harakat sifatida baholanishi mumkin.

Konsullik: Fuqarolar qonunlarga ehtirom bilan yondashishi kerak

Bosh konsulxona ushbu voqea orqali Turkiyada yashab, ishlab yoki vaqtincha bo‘lib turgan barcha o‘zbekistonliklarni qonunlarga hurmat bilan yondashishga chaqirdi.

Mamlakat qonunlarini bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi, deyiladi bayonotda. Ruxsatsiz foto va videoga olish, xususan, ayollar yoki bolalarni yashirin suratga olish holatlari qattiq nazoratga olingan.

Nima qilish kerak?

- Begona shaxslarni suratga olishdan avval, albatta ruxsat so‘rang.
- Jamoat joylarida ham shaxsiy masofa va hurmatni saqlang.
- Ahloqiy va madaniy me’yorlarga amal qiling.
- Mahalliy qonun-qoidalar bilan tanish bo‘ling.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada ayolni ruxsatsiz suratga olgan o‘zbekistonlik deportatsiya qilinadi