Qoraqalpog‘istonda jinoiy jarimalarni undirish ishlari alohida nazoratda

Qoraqalpog‘istonda jinoiy jarimalarni undirish ishlari alohida nazoratda

Tahlillarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilda sudlarning jinoiy jarimalarni undirish bilan bog‘liq jami 4,3 mlrd. so‘mlik 164 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, amalda 2 mlrd. so‘m undirilgan.

Qoldiqdagi 1,6 mlrd. so‘mlik 71 ta ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida undiruv qarzdorlarning mol-mulklari va ish haqilariga qaratilib, qarzdorliklar undirilmoqda.

Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2026 yil 30 iyul kungi qaroriga asosan qarzdor B.T.dan davlat foydasiga 62 812,5 ming so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan.

Ushbu qaror bo‘yicha chiqarilgan ijro varaqa Byuroning Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 62,8 mln. so‘m jarima joriy yilning 14 avgust kuni undirilgan va davlat budjetiga yo‘naltirilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar