
Mehnat migrantlari uchun rus tilidan imtihon joriy qilinishi Rossiya budjetiga qo‘shimcha 2,5 milliard rubl (taxminan 30,4 million dollar) olib kelgan. Bu haqda Davlat Dumasidagi «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev ma’lum qildi.
Vasilevning ta’kidlashicha, avval bu mablag‘lar korrupsiya yo‘llari bilan talon-toroj qilingan bo‘lsa, endi davlat budjetiga yo‘naltirilgan.
2024 yil oktyabr oyida Davlat Dumasi migrantlar uchun rus tilidan imtihonlarni faqat davlat organlari o‘tkazishi mumkinligi haqida qonun qabul qildi. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning aytishicha, bu chora aldamchilik va korrupsiya xavflarini keskin kamaytirish uchun zarur.
Shundan so‘ng, noyabr oyida Rossiyaning Ta’lim va fan vazirligi imtihonlar uchun yagona narx tizimini joriy etishni taklif qildi.
Hukumat esa dekabr oyida imtihonlarning yagona narxlarini tasdiqladi. Xususan:
- Rossiya fuqaroligini olish uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari bo‘yicha imtihon narxi har biri uchun 2,95 ming rubl qilib belgilangan.
- Vaqtinchalik yashash yoki yashash uchun ruxsatnoma olishda kompleks imtihon (rus tili, tarix va qonunchilik) uchun 5,9 ming rubl belgilandi.
- Ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olishda esa kompleks imtihon narxi 3,8 ming rubl qilib belgilandi.
Shu orqali Rossiya migrantlardan olinadigan mablag‘lar ochiq va shaffof tarzda davlat budjetiga tushishini ta’minlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar