Xitoylik bola o‘yin paytida burniga raqamli qulfni tiqib oldi

2 daqiqa o'qish2
Xitoylik bola o‘yin paytida burniga raqamli qulfni tiqib oldi

Xitoyda bir bola burniga raqamli qulf qisilib qolishi oqibatida kutilmagan voqeaning qahramoniga aylandi. Uning burniga qulf ilinib qolgan holatdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bolalarning o‘yin paytida turli mayda buyumlarni burniga tiqib olishi tez-tez uchrab turadi. Masalan, konstruktor bo‘laklari, kichik sharchalar, ruchka qopqoqlari yoki qog‘oz parchalari shular jumlasidan. Ammo bolaning burniga raqamli qulf qisilib qolishi kamdan-kam uchraydigan holat bo‘lsa kerak. Hatto Xitoyning Xunan viloyatidagi Xuayxua shahri o‘t o‘chiruvchilari ham bunday g‘ayrioddiy vaziyatga duch kelishni kutmagan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, kichik bola qanday qilib raqamli qulfni burniga ilib olgani aniq emas. Biroq uning qulf bilan o‘ynagani va ehtimol, afsonaviy Buqa Devor qiroli obraziga taqlid qilishga uringani taxmin qilinmoqda. Nima bo‘lganda ham, bir payt kelib qulf uning burniga qisilib qolgan va bola o‘ziga xos «buqa halqasi» bilan qolgan.

Dastlab bola qulfni bir necha marta mustaqil ravishda chiqarishga harakat qilgan. Biroq urinishlari natija bermagach, ota-onasidan yordam so‘ragan. Kattalar ham qulfni bolaga qattiq og‘riq yetkazmasdan va jarohatlamasdan olib tashlashning uddasidan chiqa olmagan. Shu bois ular mahalliy o‘t o‘chirish xizmatiga murojaat qilishga qaror qilishgan.

Biroq bu holat qutqaruvchilar uchun ham oson kechmadi. Avvalo, o‘t o‘chiruvchilar bolani tinchlantirishga harakat qilishdi. So‘ng qulfni diqqat bilan ko‘zdan kechirib, uni kuch bilan tortib olish yoki ortiqcha bosim ishlatish jiddiy jarohatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini anglashdi. Bunday harakat hatto bolaning burun to‘sig‘iga shikast yetkazishi ehtimoli bor edi.

Shu sababli mutaxassislar qulfni tortib chiqarish o‘rniga, uni maxsus qaychi yordamida kesib ochishga qaror qilishdi. Bu usul bolaga qo‘shimcha og‘riq yetkazmasdan muammoni hal qilish uchun eng maqbul yo‘l sifatida tanlandi.

E’tiborlisi, butun jarayon davomida bola o‘zini xotirjam tutdi. U qutqaruvchilarning harakatlariga xalaqit bermadi va operatsiya yakunigacha sabr bilan kutdi. Qulf olib tashlanganidan so‘ng esa bunday holat boshqa takrorlanmasligiga, endi hech qachon burniga turli buyumlarni tiqmaslikka va’da berdi.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Kulgili ko‘ringan holat ortida esa bolalarning mayda buyumlar bilan ehtiyot bo‘lib muomala qilishi zarurligini eslatuvchi muhim saboq ham bor.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?