
AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan so‘nggi bir oy ichida mingdan ortiq xorijiy talabaning huquqiy maqomi va vizalari bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Associated Press agentligining 160 universitet ma’lumoti asosida tayyorlagan hisobotiga ko‘ra, bu chora Falastinni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan namoyishlarda qatnashgan talabalarga nisbatan ko‘rilgan.
Vizalari bekor qilingan talabalar orasida Hindiston va Xitoy fuqarolari eng ko‘p jabr ko‘rgan. Shuningdek, Isroilning G‘azo sektoridan uyushtirgan hujumlariga qarshi chiqqan xorijiy talabalar ham bu choradan zarar ko‘rgan.
Mart oyida talabalarga elektron pochta orqali vizalari bekor qilingani haqida xabar berilgan. Hozirda yuzlab talabalar deportatsiya xavfi ostida qolgan.
Vaziyatdan norozi bo‘lgan ko‘plab talabalar Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qilgan. Federal sudya Dartmut universiteti doktoranti Shiaotian Lyuning vizasini tiklash bo‘yicha vaqtinchalik qaror chiqardi. Shuningdek, Montana universitetining ikki talabaci ham sud qarori asosida huquqiy maqomlarini tiklab, deportatsiya xavfidan qutilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp yanvar oyi oxirida «antisemitizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlarda qatnashgan xorijiy fuqarolarni, talabalarni ham qo‘shib, mamlakatdan chiqarib yuborish nazarda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar