date
views 269

Istanbul aeroportida 3 o‘zbekistonlik ayol jinsiy a’zolarida oltin bilan qo‘lga tushdi

Istanbul aeroportida 3 o‘zbekistonlik ayol jinsiy a’zolarida oltin bilan qo‘lga tushdi
25 aprel kuni Turkiyaning eng yirik aeroportlaridan biri — Istanbul xalqaro aeroportida juda shov-shuvli voqea qayd etildi. Qozog‘istonning Chimkent shahridan kelgan samolyot reysi yo‘lovchilarini tekshirish jarayonida turli shubhalar tug‘ilishi natijasida 3 nafar ayol — o‘zbekistonlik Aziza B., Dilsora A. va Firuza K. maxsus nazoratga olindi.

Dastlab ularning yuklari to‘liq tekshirildi, biroq tashqi ko‘rinishda taqiqlangan buyumlar aniqlanmadi. Ammo skaner qurilmasida o‘tkazilgan rentgen tekshiruvi shubhalarni tasdiqladi: ayollarning bel va jinsiy a’zolari atrofida qattiq jismlar aniqlandi.

Prokuratura ruxsati bilan gumonlanuvchilar shifoxonaga olib borildi va bu yerda qayta rentgen tekshiruvidan o‘tkazildi. Haqiqatan ham, ularning jinsiy a’zolarida yashirincha yashirilgan tilla tangalar borligi aniqlandi.

Ayollar politsiya nazoratida maxsus hududda to‘liq shaxsiy tintuvdan o‘tkazildi va natijada ulardan jami 120 dona turli vazndagi tilla tangalar olib tashlandi. Umumiy og‘irlik — 6 kilogramm 28 gramm.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va tergov guruhlari ushbu tillalarni hujjatlashtirib, jinoiy ish yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot uchun: Turkiyada oltin, zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Faqatgina qiymati 15 ming dollargacha bo‘lgan shaxsiy foydalanishdagi zargarlik buyumlarini bojsiz olib kirish mumkin. Tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan buyumlar maxsus ruhsatnomalarsiz mamlakatga olib kirilsa, qat’iy jazo bilan yuzma-yuz kelinadi.

Zamin.uz tahririyati bu ish yuzasidan rivojlarni kuzatishda davom etadi. Siz bu holatga qanday baho berasiz? Og‘ir javobgarlikka arziydigan harakatmi yoki ko‘ngilsiz xatolik?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbul aeroportida 3 o‘zbekistonlik ayol jinsiy a’zolarida oltin bilan qo‘lga tushdi