
Shimoliy Koreyada 21 may kuni Chxonjin kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tgan yangi esminetsni suvga tushirish marosimi fojea bilan yakunlandi. Sug‘dli va rasmiy tantana sifatida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jarayon hukumat rahbariyati uchun ham kutilmagan voqeaga aylandi — kema suvga noto‘g‘ri tushib, yonboshlab qoldi.
Marosimda shaxsan KXDR yetakchisi Kim Chen In ham ishtirok etgan va voqeaga darhol munosabat bildirgan. U buni “katta avariya va jinoyat” sifatida baholagan. Shimoliy Koreya rahbari ushbu hodisani “hech qanday holda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan” deb ta’riflagan.
Aybdorlar qo‘lga olindi
Koreya Markaziy telegraf agentligi xabariga ko‘ra, voqea yuzasidan uch nafar mas’ul shaxs qo‘lga olingan. Ular — muhandis Kan Chjon Chxol, sex boshlig‘i Xan Gyon Xak va ma’muriy boshqaruvchi Kim Yon Xak. Ularning barchasi yuzaga kelgan texnik nosozlik va hodisada aybdor deb topilgan.
Kemaning holati sputnik orqali kuzatildi
Janubiy Koreyaning Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mondonligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi esminetsning suvga tushishi jarayonida kema yon tomonga og‘gan va qisman suvda, qisman yerda qolgan. Sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlarda bu aniq ko‘rinadi. Kema shikastlangan qismi ko‘k brezent bilan yopilgan.
Ramziy falokat — amaliy ta’sir
KXDR rasmiylari shikast ko‘rgan esminetsga jiddiy zarar yetmaganini ma’lum qilib, uni 10 kun ichida tuzatishni rejalashtirmoqda. Biroq ekspertlar fikricha, Kim Chen In shaxsan guvoh bo‘lgan bunday to‘satdangi texnik xatolik Shimoliy Koreyaning harbiy sohadagi imidjiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kim Chen In ishtirokidagi harbiy tantana fiasko bilan yakunlandi. Hodisa KXDRning ichki intizom va mas’uliyat masalalariga qanday yondashishini yaqqol namoyon qildi. Endilikda esa barcha nazaralar esminetsni tuzatish jarayoni va ushbu voqeaning davlat ichidagi oqibatlariga qaratilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar