Kulsarida AYoQShda portlash: 2 kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.2K
Kulsarida AYoQShda portlash: 2 kishi halok bo‘ldi
Atyrau viloyati hokimi Serik Shapkenov Jilıoy tumanidagi Kulsari shahrida joylashgan "Niyet" avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in va portlash yuzasidan tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazdi, deb Tengrinews.kz xabar berdi.

Viloyat hokimiyati matbuot xizmatiga ko‘ra, barcha jabrlanganlar hozirda turli darajadagi kuyishlar bilan tuman shifoxonasiga yetkazilgan.

"Hokim topshirig‘iga binoan Atyrau shahridan maxsus mutaxassislar — kuyish markazi shifokorlari jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuborildi", — deyiladi xabarda.

Shapkenov Favqulodda vaziyatlar departamentiga hodisa joyida harakatlarni to‘liq muvofiqlashtirish, yong‘inni cheklash va oqibatlarini kamaytirish, shuningdek, yong‘in hududida aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni kechqurun Kulsaridagi “Niyet” AYoQShda gaz-havo aralashmasi portladi. So‘ngra yong‘in yonidagi uchta bir qavatli bino, gaz quyish shoxobchasi va orqadagi ikki qavatli binoga tarqaldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari vafot etgan.

Hozirda voqea joyida 60 nafar qutqaruvchi va 10 ta texnika ishlamoqda. Ular yong‘inni o‘chirish, gaz tashuvchi mashinani sovitish, yong‘in o‘choqlarini lokallashtirish va odamlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish ishlarini olib bormoqda.

Yong‘inning maydoni va sabablari aniqlanmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?