
Ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan yangi paleontologik kashfiyot haqida ma’lum qilindi: olimlar 86 million yil avval Gobi cho‘lida yashagan, avval insoniyatga noma’lum bo‘lgan yangi tirannozavr turini aniqlashdi. Yangi topilma Khankhuuluu mongoliensis deb nomlanib, mashhur T-Rex'ning ilk vakillaridan biri bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlanmoqda.
AVS telekanali va Science Alert saytlarining yozishicha, ushbu turning qoldiqlari avval 1970-yillarda Mo‘g‘ulistonning Gobi cho‘lidan topilgan, biroq unga o‘sha vaqtda yetarli e’tibor berilmagan va u an’anaviy alektozavrlarga tegishli, deb hisoblangan edi. Bir necha o‘n yilliklardan keyin, 2023 yilda Kalgari universiteti aspiranti bu qazilmalarni qayta ko‘rib chiqdi va burun atrofidagi noyob anatomik xususiyatlar orqali ularning butunlay yangi turga tegishli ekanini ilmiy jihatdan isbotladi.
Khankhuuluu mongoliensis nicbatan kichik o‘lchamlarga ega bo‘lib, uzunligi taxminan ikki metr va og‘irligi 750 kilogramm atrofida bo‘lgan. Oyoqlarining tuzilishi unga tez harakatlanish imkoni bergan, ammo bosh suyagining shakli va chakka qismlarining zaifligi uni T-Rex singari dahshatli yirtqichga aylantirmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu dinozavr 20 million yildan so‘ng paydo bo‘ladigan va tarixdagi eng mashhur yirtqichlardan biri sanalgan T-Rex'ga evolyutsion zamin tayyorlab bergan.
Bu topilma olimlarga tirannozavrlar evolyutsiyasining eng tumanda qolgan, ilgari hech qachon to‘liq o‘rganilmagan davrini yoritishga yordam berdi. Endilikda, olimlar ushbu yangi tur orqali yirtqichlar rivojlanishi, ularning hayot tarzi va tashqi muhitga moslashish mexanizmlarini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi.
Qizig‘i, paleontologiya olamida faqat o‘tmish emas, kelajak haqida ham g‘ayratli taxminlar bor. Yangi Zelandiya olimlarining so‘nggi tahlillariga ko‘ra, 2200 yilga borib ba’zi turdagi sudralib yuruvchilar yer yuzida gigant hajmga yetishi mumkin. Hatto hozirda mayda sanalayotgan iguanalar ham kelajakda yirik itlar xajmigacha o‘sishi taxmin qilinmoqda.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Khankhuuluu mongoliensis nafaqat o‘tmishga, balki kelajakka ham yangi sur’at bag‘ishlaydigan ilmiy kashfiyotlardan biri bo‘ldi. Bu esa insoniyatni dinozavrlar evolyutsiyasi, tabiat va hayot taraqqiyotining hali noma’lum qirralarini kashf etishga undaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar