Ko‘chirilgan yurak yangi egasining biologik yoshini qabul qilishi aniqlandi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Tadqiqotlar ko'chirilgan yurakning biologik yoshi donorning yoshiga emas, balki yangi egasining yoshiga moslashishini ko'rsatdi.
- Bu ta'sir faqat ko'chirilgan organga ta'sir qiladi va boshqa to'qimalarga o'tmaydi.
- Olimlar bu hodisani mitoxondriya faolligi va yallig'lanish jarayonlari bilan bog'lashdi.
- Ushbu kashfiyot organlar taqchilligi sharoitida keksa yuraklarni yosh bemorlarga ko'chirish amaliyotini optimallashtirishga yordam berishi mumkin.
Garvard tibbiyot maktabi tadqiqotchilari donor yuraklarini saralashda qo‘llanilib kelinayotgan asosiy mezon — yosh ko‘rsatkichini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan ilmiy kashfiyotga qo‘l urdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, o‘tkazilgan tajribalar va klinik tahlillar natijasida ko‘chirilgan yurak donorning asl yoshidan qatʼi nazar, yangi organizmning biologik yoshiga moslashishi isbotlandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Olimlar dastlab maxsus sichqonlar modeli yordamida heteroxron transplantatsiya seriyasini amalga oshirdilar. Genetik jihatdan bir xil bo‘lgan har xil yoshdagi kemiruvchilar o‘rtasida yurak ko‘chirib o‘tkazildi. To‘rt-olti oydan so‘ng DNK metilatsiyasi naqshlarini tahlil qiluvchi uchta epigenetic soat yordamida organlarning biologik yoshi baholandi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, keksa retsipiyetlarga o‘tkazilgan yosh yuraklarda tezlashgan qarish jarayoni kuzatilgan. Aksincha, yosh organizmga tushgan eski yuraklar sezilarli darajada yosharib, ularning biologik yoshi pasaygan. Qizig‘i shundaki, bu taʼsir faqat ko‘chirilgan organning o‘ziga tegishli bo‘lib, retsipiyentning boshqa to‘qimalari o‘z yoshini o‘zgartirmagan.
Gen faolligi va hujayra darajasidagi o‘zgarishlar
Traskriptom tahlili ushbu jarayonning aniq mexanizmlarini ko‘rsatib berdi. Eski organizmga tushgan yosh yuraklarda yallig‘lanish yo‘llari faollashgan bo‘lsa, yosh retsipiyentdagi eski yuraklarda yallig‘lanish jarayonlari bostirilgan. Eng sezilarli o‘zgarishlar mitoxondriya jarayonlarida qayd etilib, organning qarishi yoki yosharishi bilan ularning faolligi mos ravishda pasaygan yoki tiklangan.Olimlar mazkur ilmiy xulosalarni insonlarda ham tekshirib ko‘rishdi. Donor va retsipiyent o‘rtasida yosh farqi bo‘lgan 11 nafar bemorning miokard biopsiyasi arxiv namunalari tahlil qilindi. Epigenetik soatlar xuddi shunday manzarani ko‘rsatdi: ko‘chirilgan yurakning biologik yoshi donorning yoshiga emas, aynan retsipiyentning yoshiga mos kelgan.
Klinik ahamiyati va kelgusidagi imkoniyatlar
Bir yil o‘tgach yuzlab bemorlar ishtirokida o‘tkazilgan EKG, exokardiografiya va kardiopulmonal stress-testlar klinik ahamiyatni tasdiqladi. Odatda yosh o‘tishi bilan pasayadigan o‘pkaning funksional sig‘imi va kislorod isteʼmoli donorning yoshiga emas, balki retsipiyentning yoshiga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Demak, operatsiyadan keyingi jismoniy ish qobiliyati organ egasining yoshi bilan belgilanadi.Mualliflarning taʼkidlashicha, organizmning tizimli muhiti to‘qimaning biologik yoshini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Eski muhit molekulyar zararlanishlarni tezlashtirsa, yosh muhit uni sekinlashtiradi. Bu kashfiyot organlar taqchilligi sharoitida keksa yuraklarni yosh retsipiyetlarga ko‘chirish amaliyotini optimallashtirishga yo‘l ochadi.






























Izohlar 0
…