Oʻlik yulduz kulidan yangi avlod sayyorasi dunyoga keldi

1 daqiqa o'qish107
Oʻlik yulduz kulidan yangi avlod sayyorasi dunyoga keldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Xalqaro astronomlar guruhi Quyoshga oʻxshash yulduzlar hayotini yakunlaganidan soʻng ham ularning atrofida yangi sayyoralar shakllanishi mumkinligiga oid ilk isbotlarni topdi.
  • Bu kashfiyot yulduz halokatidan keyin fazoga otilgan moddalar hisobiga bunyod boʻlgan va yulduzning oq pakana holatiga oʻtishini boshidan kechirmagan yangi sayyoraning mavjudligini tasdiqlaydi.

Xalqaro aʼlomshunoslar guruhi Quyoshga oʻxshash yulduzlar oʻz hayotiy siklini yakunlagandan soʻng ham ularning atrofida yangi sayyoralar shakllanishi mumkinligiga oid ilk isbotlarni qoʻlga kiritdi. Ushbu kashfiyot koinotdagi evolyutsion jarayonlar haqidagi tasavvurlarni tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

ixbt.com nashrining xabar berishicha, aniqlangan osmon jismi yulduz halokatidan oldin mavjud boʻlmagan va uning oq pakana holatiga oʻtishini boshidan kechirmagan. Yangi sayyati bevosita yulduz oʻz hayotining soʻnggi bosqichida fazoga otib yuborgan moddalar hisobiga bunyod etilgan.

Yulduzlar evolyutsiyasining yangi sahifasi

Quyosh kabi oʻrta massali yulduzlar oʻz evolyutsiyasining oxirida tashqi qobiqlarining keskin kengayishi bosqichini boshdan kechiradi. Geliy va boshqa ogʻir elementlar yongandan soʻng ular bu qatlamlarni fazoga sochib yuboradi va natijada sayyoraviy tumanlik hosil boʻlib, qolgan yadro oq pakanaga aylanadi.

Ilmiy jamoatchilikda ilgari sayyoraviy tumanliklar ichida toʻlaqonli osmon jismlari mavjud boʻlishi mumkinligiga shubha bilan qaralgan. Biroq soʻnggi yigirma yil davomida olib borilgan kuzatuvlar oq pakanalar toshloq sayyoralar tarkibiga xos moddalarga ega boʻlgan osmon jismlarini parchalab, yutib yuborishga qodir ekanini koʻrsatdi.

Ilmiy izlanishlarning ahamiyati

Olib borilgan soʻnggi tadqiqotlar mavjud ilmiy qarashlarni sezilarli darajada kengaytiradi. Olimlar endilikda halok boʻlgan yulduzlar qoldiqlari atrofida butun boshli «ikkinchi avlod sayyoralari» paydo boʻlishi mumkinligi haqidagi savolni oʻrtaga tashlamoqda.

Mutaxassislarning fikricha, bunday yangi dunyolar hatto kelajakda bizning Quyoshimiz ham fazoga otib yuboradigan moddalar asosida shakllanishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa koinotdagi moddalar aylanishi va yulduzlar tizimining qayta tugʻilishi jarayonlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?