
Karib dengizi bag‘rida joylashgan, tabiiy go‘zalliklari bilan mashhur Haiti hozirda o‘z tarixidagi eng og‘ir inqirozlardan birini boshidan kechirmoqda. Qurollangan to‘dalar tomonidan keltirilgan zo‘ravonlik va xavfsizlikning yo‘qligi natijasida butun mamlakat jarlik yoqasiga kelib qoldi.
Xavfli raqamlar ortidagi fojia
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Gaitida 1,3 millionga yaqin inson o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Ya’ni har to‘rtinchi kishi xavfsizliksiz qolib, boshpanasidan ayrilgan.
2024 yilning dekabriga qadar majburiy ko‘chirilganlar soni 24 foizga oshgan. Bu so‘nggi yillarda kuzatilmagan darajadagi ichki migratsiya hisoblanadi.
XMT rahbari Emi Poupning ta’kidlashicha, bu sonlar ortida real insonlar, oilaviy fojialar, ko‘z yosh va umidsizlik yashiringan:
“Bu raqamlar — bolalar, onalar, qarilar taqdiri. Ularning aksariyati bir necha bor uyidan ko‘chishga majbur bo‘lgan. Ular hech narsasiz qolgan. Hozirda esa nihoyatda xavfli va beqaror muhitda yashashmoqda. Agar biz tezda harakat qilmasak, bu falokat kundalik hayotga aylanib qoladi”, — dedi u.
5600 dan ortiq qurbon — va bu davom etmoqda
BMTning 2024 yildagi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, yil boshidan buyon mamlakatdagi qurolli to‘dalar hujumlari oqibatida 5600 dan ortiq odam hayotdan ko‘z yumgan. Bu esa nafaqat xavfsizlik, balki insoniylik nuqtai nazaridan ham jiddiy qon to‘kilishdir.
Port-o-Prens: Poytaxt emas, to‘dalar qo‘l ostidagi zonami?
Gaiti poytaxti — Port-o-Prens shahrining 80 foizdan ortig‘i ayni vaqtda turli qurol-yarog‘li guruhlar nazorati ostida. Qonun ustuvorligi degan tushuncha bu hududlarda deyarli yo‘q.
Bir vaqtlar taraqqiyot va turizm bilan bog‘langan bu o‘lka endi qorong‘ulik va beqarorlik girdobida. Qonunsizlik, go‘yoki, yangi norma bo‘lib qolgan.
Oziq-ovqat xavfsizligi yo‘q, ochlik esa eshikda turibdi
11 milliondan ortiq aholiga ega mamlakatda hozirda millionlab insonlar ochlik va oziq-ovqat tanqisligi xavfi ostida. Qishloq xo‘jaligi yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayapti, import cheklangan, notinchlik iqtisodiyotni izdan chiqargan. Natijada oddiy ehtiyojlar ham qondirilmayapti.
Xalqaro hamjamiyat jim... vaqt esa o‘tmoqda
Inson huquqlari va gumanitar yordam bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar ayni paytda Gaitiga ko‘proq e’tibor qaratilishini ta’kidlashmoqda. Biroq hanuzcha hech qanday jiddiy aralashuv yoki amaliy yordam ko‘zga tashlanmayapti.
Haqiqiy harakatlar zarur. Aks holda, vaziyat yanada yomonlashishi turgan gap.
Xulosa: har kuni bir millatning qaqshab yashashi davom etmoqda
Gaiti — bugungi kunda insoniyat e’tiboridan chetda qolgan fojia maydoni. Agar jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar va insonparvar kuchlar bu holatga shoshilinch javob bermasa, bu inqiroz oddiy kundalik holga aylanib qoladi.
Bu yerda endi statistika emas — odamlar, bolalar, umidlar va hayotlar haqida gap ketmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar